“Oʻzbekneftgaz” kompaniyasi 2026-yilda 22,8 mlrd kub gaz qazib chiqarishi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya raisining birinchi oʻrinbosari Suhrob Hamroyev 6-oktabr kuni davlat rahbari huzuridagi yigʻilishdan keyin “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“Yil yakuniga 22,8 mlrd kub gaz qazib chiqariladi va boshqa sanoat mahsulotlarimiz ham 100 foiz reja bilan bajarilishi taʼminlanadi”, – dedi Hamroyev.

Maʼlumot uchun, “Oʻzbekneftgaz” 2025-yilda 25,2 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib chiqargani haqida hisobot bergan.