«Mikrofon qizlarda» loyihasining navbatdagi qahramoni 20 yoşli Farangiz Murodiy. U yaqinda dunyoning top-10 universitetlaridan biri Stenfordga 370 ming dollar grant yutdi va u mazkur oliygohning bakalavriat bosqiçida töliq grantda öqiydigan ilk özbekka aylandi. Bu voqea özbek talabalari orasida yaxşigina şov-şuvga sabab böldi.
Farangiz Murodiy Toşkentda tuğilib, 4-sinfgaça şu yerdagi maktabda öqigan. Keyin Turkiyaga ketadi va qolgan hayoti Istanbul bilan boğlanadi. U barça yutuqlari ortida onasining qöllab-quvvatlaşi va işonçi turganini aytadi.
Onasi işlatgan «hiyla»
Farangiz Turkiyaga borib, 4-sinfni boşlaş arafasida bölganda onasi unga yangi sinfga ötiş uçun imtihon topşirişi kerakligini aytadi. Buning uçun esa yaxşi tayyorlanib, turk tilida imtihon topşirişga töğri keladi. Maktabda doim birinçi bölişga harakat qilgan, a’lo baholarda öqigan Farangiz Turkiyada ham bu peşqadamlikni qöldan çiqargisi kelmaydi. 3 oylik yozgi ta’til davomida 1-sinfdan 3-sinfgaça bölgan turkça darsliklarni öqib, imtihonga tayyorlanib çiqadi. Lekin yangi öquv yili boşlanişi arafasida heç qanaqa imtihon qilinmay keyingi sinfga qabul qilinadi.
Qizaloq bu onasining qizining yaxşi öqişi uçun qöllagan «hiylasi» ekanini keyin payqab qoladi. «Onam özi köp tillarni bilgani uçun bizni ham har tomonlama aqlli qilib östirişga harakat qilgan. 4-sinfni Turkiyada davom ettirişimga töğri kelganda, onamning öşanda işlatgan usuli menga doimo asqatdi», – deydi Farangiz.
Doimo eng yaxshici uçun harakat qiliş
Amerikadagi oliygohlarga kirişning asosiy şartlaridan bölgan SAT imtihonidan 1560 ballni qölga kiritgan. Bu imtihondan eng yuqori ball 1600. Qiziği, u bu natijaga mustaqil tarzda, özi kitoblardan öqib tayyorlanganini aytadi. Farangiz SATʼdan yuqori ball oliş uçun jami 5 marta imtihon topşirib, oxirida özi istagan natijani qölga kiritgan. Şuning uçun u bu bilimini boşqa yoşlarga ham örgata boşlagan va buning uçun YouTube kanalini ham taşkil qilgan.
«Bundan maqsadim, potensiali bor öquvçilarni yuzaga çiqariş va ularning ham yuqori ball olişida kömaklaşiş», – deb aytadi u.
Farangiz Yyel, Harvard, Stenford va Dartmut – dunyoning top 20talik röyxatiga kiruvçi oliygohlariga hujjat topşirgan. Odatda abituriyentlar 20-30talab oliygohlarga hujjat topşiradi. Farangiz esa atigi 4ta oliygohni tanlagan. Buning sababini esa bolaligidan eng yaxşisiga erişişga harakat qilib kelgani bilan izohlaydi.
“Şuning uçun ham eng top oliygohlarni tanladim va harakat qilsam, albatta, ularga kirişimga işonardim. Boşqa universitetlarga ham kira olardim, lekin bundan özimning könglim tölmasdi”, – deydi u.

Stenford dunyoni özgartirmoqçi bölganlarni tanlaydi
«Stenfordni tanlaganim sababi u yerda tadbirkorlik, biznes sohasida yirik startaplar qiliş imkoni köp. AQŞdagi oliygohlarga qabul qilinişda SAT, IELTS imtihonidan taşqari, talabgorning qadriyati, dunyoqaraşi muhim örinda.
Imtihondan katta baho olişingiz mumkin, lekin bu siz jamiyat uçun foydali inson bölişingizni anglatmaydi. Masalan, Stenford qadriyati böyiça ijtimoiy sohada dunyoni özgartirmoqçi bölgan insonlarni tanlaydi», – deb tuşuntiradi u.
Buni talabgor yozayotgan inşolarida, söralgan faoliyat turlarini yozayotganda körsatişi lozim.
«Ariza töldirganda faoliyat turi degan joyi bor. Bunda köp talabalar töldiriş kerak bölgani uçungina töldirişadi. Turli volontyorlik dasturlarida ham arizaning şu qismini töldiriş uçun qatnaşişadi. Ya’ni maqsad arizani töldiriş emas, men dunyoga qanday foydali inson bölaman degan qaraş bölişi kerak. Men esa özim qiziqib, aynan bitta yönalişda turli dasturlarga qatnaşib yurganman. Ya’ni içimdan xohlaganman va bu arizamda ham köringan», – deydi u.
Stenford Farangizga jami 370 mingga yaqin grant ajratgan. Bu pul 4 yil bakalavrda öqişga yetadi. Oliygohda öqiş yiliga 100 ming dollarga yaqin tuşadi. Xöş, nega bitta talabaga bunça köp miqdorda grant ajratdi?
Qahramonimizning aytişiça, universitet talaba öqişni tugatgandan keyin sarflangan investitsiyani oqlaydi, yangi Google yoki keyingi SpaceXʼni quradi deb işonişadi.
«Otam taşlab ketgani menga faqat motivatsiya bergan»
Farangiz yutuqlari ortida faqat onasi turganini aytadi. Otasi qiz farzand tuğilişini xohlamagani uçun Farangiz hali dunyoga kelmasidanoq ulardan voz keçgan.
«Oilada ikki qizmiz. Opamdan keyin otam va onam yana farzand kutişayotgan bölgan, ya’ni meni. Otam doimo öğil farzand xohlagani uçun mening ham qiz bölişimni eşitgaç, onam bilan ajraşişga qaror qilgan. Şundan keyin umuman bizga na moddiy, na ma’naviy yordam körsatgan. Otamni körmaganman ham», – deydi u.

«Örganişni örgatiş kerak»
Farangiz, şuningdek, özbek ta’lim tizimida uçramaydigan, lekin öquvçi uçun juda muhim bir jihatni sanadi. U maktablarda öquvçiga bilimni qanday örganişni örgatişmasligini aytdi. Ya’ni bilimni mustaqil tarzda qanday örganiş mumkinligi haqida gapirilmaydi.
«Öquvçiga samarali şaklda bilimni örganiş tuşuntirilsa, u kimyomi, biologiyami, matematikami hammasini ilib oladi. Öquvçi özining öqiş darajasini tahlil qilib, özini tuşuna oladi», – deydi u.
Zuhra Abduhalimova suhbatlaşdi.
Tasvirçi va montaj ustasi Abdusalim Abduvohidov.











