Kreml noyabr oyida Rossiya – AQŞ – Ukraina formatidagi uç tomonlama muzokaralarni tiklaşga tayyor. Bu haqda RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Vladimir Putin va Stiv Uitkoff örtasida 21-oktabr kuni Peterburgda bölib ötgan uçraşuvdan keyin maʼlum qildi.
«Prezident Stiv Uitkoffga yuqorida tilga olingan uç tomonlama muzokaralarni noyabr oyining öninçi kunlarida, asosiy mavzu böyiça qaytadan boşlaşga tayyor ekanimizni maʼlum qildi. Bu mavzu mojaro tugaganidan keyin Rossiya va Ukraina uçun xavfsizlik tizimini yaratiş bilan boğliq», – dedi Uşakov jurnalistlarga.
Uning sözlariga köra, Uitkoff uçraşuvda taklifni qöllab-quvvatlagan va «bunday qaror prezident Tramp tomonidan katta mamnuniyat bilan qarşilanişiga şubha yöqligi»ni aytgan. AQŞ prezidenti elçisining özi hozirça Peterburgdagi uçraşuv yakunlari böyiça izoh bermadi.
Şu bilan birga, Uşakov Uitkoff Putin bilan uçraşuvda Yevropa Ittifoqi va Kiyevning «yangi yondaşuvlari» haqida gapirgani, biroq «ularda Ukraina inqirozini hal qiliş nuqtayi nazaridan foydali narsalar unçalik köp bölmagani»ni qöşimça qilgan.
«Bilmadim, biz qançalik yaqinmiz, ammo iş şunga qarab bormoqda», – degan Rossiya prezidenti yordamçisi «Vesti» muxbirining mojaroni yakunlaş istiqbollari haqidagi savoliga javoban.
U şuningdek Rossiya, AQŞ va Ukraina vakillarining keyingi uç tomonlama uçraşuvi Abu-Dabida bölib ötişi mumkinligini aytgan.
«Biz Abu-Dabini möljallayapmiz. Noyabrning örtalarida, noyabrning öninçi kunlariga kelişilgan», – degan u.
Bundan taşqari, Uşakov Vladimir Putin, Donald Tramp va Si Jinping örtasida APEC sammiti doirasida uç tomonlama uçraşuv ötkazilişi mumkinligi yuzasidan munosabat bildirib, bu tarixiy voqea bölişini aytgan.
Uşakovning sözlariga köra, Moskva sentabr oyida, Davlat dumasiga saylovlardan söng darhol uç tomonlama muzokaralarni qayta tiklaşni rejalaştirgandi, ammo Kiyevning aybi bilan bu amalga oşmagan – «ovoz beriş kunlarida Moskva va boşqa şaharlar, jumladan, saylov uçastkalariga juda katta zarbalar» berilgani tufayli.
Kiyev hozirça Kremlning taklifi yuzasidan munosabat bildirmadi.
Putin va Uitkoffning uçraşuvi Strelna posyolkasidagi Konstantin saroyida, yopiq eşiklar ortida bölib ötdi. Unda Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan investitsiyaviy-iqtisodiy hamkorlik böyiça maxsus vakili Kirill Dmitriyev ham iştirok etdi. U çorşanba kuni ertalab Uitkoffni Pulkovo aeroportida kutib oldi va uçraşuvdan söng uni kuzatib qöydi.














