«Toşşahartransxizmat» AJ poytaxt jamoat transportidagi monitorlarda namoyiş etilayotgan reklama roliklarining ovoz balandligi yuzasidan yölovçilardan tuşgan eʼtirozlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, avtobus salonlaridagi monitorlar E-auksion platformasi orqali ğolib bölgan tadbirkorga ijara asosida berilgan. Ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlar va jamoatçilik fikri inobatga olingan holda, uşbu tadbirkorlik subyekti vakillari bilan uçraşuv ötkazilgan.

Muzokaralar davomida reklama materiallari ovozini meyorida saqlaş, bu yölovçilar muloqoti hamda haydovçi diqqatiga xalaqit bermaydigan darajada bölişi şartligi taʼkidlandi. Ijaraçiga reklama roliklari ovozini pasaytiriş va ortiqça şovqin hosil qilmaslik böyiça körsatmalar berildi.

Kompaniya mazkur masalani öz nazoratiga olganini hamda jamoat transportida qulay muhit yaratiş çoralari körilayotganini qöşimça qildi.