Çempionlar ligasi umumiy guruh bosqiçi 3-turi doirasida «PSJ» va «Barselona» örtasida keçgan öyin (4:2) jarohatlarga boy böldi. Öyinning birinçi bölimidayoq har ikki jamoa boş murabbiylari Luis Enrike va Hansi Flik Usmon Dembele va Dani Olmodagi jarohat tufayli bittadan majburiy almaştirişga qöl urgandi. Ikkinçi bölimda esa Xviça Kvaratsxeliya jiddiy jarohat oldi. Gurjistonlik vinger tizzasidagi jarohat tufayli öyinni davom ettira olmadi. Bugun parijliklar klubi matbuot xizmati uşbu futbolçining öng tizzasidagi xoçsimon paylari uzilib ketganini maʼlum qildi.
Maydonni mustaqil tark etolmadi
Futbolçi öyinning 57-daqiqasida Xviça Kvaratsxeliya raqib himoyaçisi Xavi Espart bilan töqnaşuvdan keyin gazonga noqulay holatda yiqildi.

Avvaliga bu töqnaşuvdan ispaniyalik himoyaçi köproq aziyat çekkandek köringandi.


Ammo Espart örnidan turdi va öyinni davom ettirdi, Kvaratsxeliya esa öng tizzasini uşlagança gazonda yotib qoldi.


59-daqiqada Luis Enrike öz vingerini Magnes Akliuşga almaştirdi. Xviça maydonni mustaqil tarzda tark etolmadi: uni tibbiyot ştabining ikki xodimi yelkalab, tribunalar ostiga olib ketdi. Kadrlarda futbolçi öng oyoğini bosa olmayotganini köriş mumkin edi.
Öyin vaqtidayoq Kvaratsxeliyaning tizzasidagi xoçsimon paylari uzilib ketgani haqida taxminlar paydo böldi. Ispaniyalik fizioterapevt Anxel Vilyanueva epizod videoyozuvini örganib çiqib, tiklaniş töqqiz oy vaqt olişini taxmin qildi.

«Töqnaşuvda öng tizzaning mahkamlangan oyoq kafti bilan içkariga majburiy oğişi aniq körinadi. Bunday mexanizm oldingi xoçsimon va içki yon boylamlarning birgalikda şikastlanişiga xosdir. U töqqiz oygaça maydonga tuşa olmasligi mumki», – deya yozgan Vilyanueva ijtimoiy tarmoqlarda.














