«UzAuto Motors 1 fevraldan boşlab mijozlarga kompaniyaning eng xaridorgir modellari hisoblangan Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotib oliş böyiça şartnoma tuzişni qayta tiklamaydi va bu jarayon qaçon boşlanişi noma’lum», deya ma’lum qilgan Kun.uz manbasi.
Avvalroq, kompaniya 2021 yil 20 dekabridan 2022 yil 1 fevraligaça muddatda Cobalt, Spark, Nexia va Lacetti avtomobillarini sotiş böyiça yangi arizalar qabul qilişni töxtatib, barça «kuç-ğayrati»ni oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni işlab çiqarişga qaratişini ma’lum qilgandi. Bunga sabab sifatida butun dunyo böylab yarimötkazgiçlarni yetkazib berişda uzilişlar yuzaga kelgani körsatilgan edi.

















