Konstitutsiyaviy sud (KS) fuqarolar va kompaniyalar onlayn murojaat qilişi hamda jarayonda videoaloqa va mobil ilova orqali iştirok etişi uçun öz amaliyotiga axborot tizimini joriy etadi. Şuningdek, instansiyaga majlislarni internetda translyatsiya qiliş majburiyati yuklandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan 14-oktabr kuni imzolangan KS töğrisidagi qonunning yangi tahririga köra, tegişli normalar 2028-yil 1-yanvardan kuçga kiradi.
Şunday qilib, sud işlarini töliq onlayn rejimda yuritiş imkonini beruvçi elektron tizimni yaratiş va işga tuşirişga bir yildan ortiq vaqt ajratilgan. Qonunda körsatilgan boşqa bandlar u eʼlon qilingan paytdan, yaʼni 14-oktabrdan boşlab amal qiladi.
Endi Konstitutsiyaviy sudda iş yuritiş yozma bilan birga elektron şaklda ham olib borilişi mumkin, bunday hujjatlar teng yuridik kuçga ega böladi.
Agar daʼvolar Konstitutsiyaviy sudning vakolatiga kirmasa, KS murojaatlarni boşqa organlarga yuborişga yoki ularni körib çiqişni rad etişga haqli. Jismoniy şaxslar va taşkilotlardan kelib tuşayotgan arizalarni dastlabki örganiş uçun köpi bilan 15 kunlik muddat beriladi.
Yangi tahrirdagi qonunda işlarni körib çiqişga tayyorlaş - jarayon iştirokçilarini aniqlaşdan tortib, mutaxassis va ekspertlarni jalb qilişgaça bölgan tartib mustahkamlangan. Tayyorgarlik tadbirlari sud murojaatni olgan paytdan eʼtiboran 20 kundan oşmasligi kerak. Şundan söng, instansiya 10 kun içida muhokamani tayinlaş töğrisida qaror çiqarişi va barça manfaatdor fuqarolarni eşituv boşlanişidan kamida 5 kun oldin xabardor qilişi şart. Yiğilişning sanasi, joyi va vaqti töğrisidagi maʼlumotlar KS rasmiy veb-saytida eʼlon qilinişi lozim.
Qonunda KS qarorlarini taraflarga yuborişning oxirgi muddati - ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran 5 kun deb belgilangan.
Agar iş Oliy sudning boşqa biron-bir jarayonda qöllanilayotgan normativ-huquqiy hujjatning Konstitutsiyaga muvofiqligi töğrisida tuşuntiriş berişni talab qiluvçi murojaati böyiça körilayotgan bölsa, unda sud işini yuritiş KS qarori çiqqunga qadar vaqtinça töxtatib turiladi. Bu holda qaror çiqariş uçun bir oy vaqt beriladi.
Bundan taşqari, KS har yili körsatib ötilgan davrda körilgan işlar amaliyotidan kelib çiqib, konstitutsiyaviy qonuniylikning holati töğrisida hisobot şakllantiriş majburiyati yuklandi. Maʼruza respublika prezidentiga, şuningdek, mamlakat Oliy Majlisi ikkala palatasiga yuborilişi kerak.
Qonunda boşqa muhim jihatlar ham körsatilgan. Xususan, KS sudyalari 10 yillik muddatga saylanadi. Sud rais, uning örinbosari va töqqiz nafar sudyadan iborat. Instansiyaning qarori va xulosalari rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.












