Samarqand viloyatining Iştixon tumanida YPX xodimining qonuniy talabiga böysunmay, uni haqorat qilgan texnikum öquvçilari aniqlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir neça ösmir Malibu-2 rusumli avtomobilda Iştixon tumani köçalarida harakatlanib, YPX xodimining töxtaş talabiga böysunmagani, maşinani uning ustiga haydab borişgani, şuningdek, xodimni haqoratlaşgani va voqea joyidan qoçib ketganini köriş mumkin.
Ularning özi bu holatni videoga olgan va ijtimoiy tarmoqda tarqatgan.
Örganişlar davomida qoidabuzarliklarni sodir etgan şaxslar Kattaqörğon tumanidagi 2-sonli texnikum öquvçilari ekani aniqlangan.
Ular maşinani 1,2 mln sömga ijaraga olişgan va haydovçilik guvohnomasi bölmagan holda rulga ötirişgan.
Mazkur holat maşinani ijaraga bergan tadbirkor, bolalarning ota-onalari, tuman hokimi va huquqni muhofaza qiluvçi organ rahbarlari iştirokida tanqidiy muhokama qilingan.
Samarqand viloyati YHXB matbuot xizmati eʼlon qilgan videoda öquvçilar köz yoş tökkan holda haqorat uçun YPX xodimidan uzr söraşgan.
Holat yuzasidan Iştixon tumani içki işlar bölimi tomonidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Töplangan materiallar qonuniy qaror qabul qiliş uçun prokuratura organlariga yuborilgan.












