Davlat statictika qömitasi Kun.uz söroviga binoan 20 yillik davrda Özbekistondan köçib ketganlar va mamlakatga köçib kelganlar töğrisidagi statistikani taqdim etdi.
Özbekistonga xorijdan köçib kelganlar 2000-2020 yillar oraliğida 99 341 nafarni taşkil etdi. Bu davrda eng köp köçib keluvçilar 2005 yilga töğri kelgan – 7179 kişi.
Eng kam köçib keliş esa 2020 yilga töğri keladi. Pandemiya davrida Özbekistonga 1 105 kişi köçib kelgan.

Özbekistondan köçib ketganlar esa 1 107 584 kişini taşkil etdi. Eng köp doimiy yaşovçi aholi Özbekistonni tark etgan davr 2005 yilga töğri kelgan, bu paytda 104 991 kişi mamlakatdan köçib ketgan. Eng kam köçib ketiş davri esa 2019 yil hisoblanadi, bu yilda 13229 kişi mamlakatni tark etdi.

Raqamlarga işonadigan bölsak, hozirça, eng kam köçiş 10 minglik şkaladan pastga tuşmagan. Pandemiya davrida ham 13 648 kişi Özbekistondan köçib ketganini kuzatiş mumkin.
Statistika Özbekistondan köçib ketganlar (1 107 584 kişi) köçib keluvçilar (99 341 kişi) 11 barobar köproqligini körsatadi.
Avvalroq, Özbekistonda doimiy aholi soni qariyb 35 mln kişiga yetgani ma'lum qilingandi.












