Energetika vazirligi xabariga köra, hodisa soat 19:05 da Qibray tumanida joylaşgan «Aksa Toshkent» IESda sodir bölgan. Oqibatda transformatorning himoya tizimi işga tuşib, stansiya quvvati 460 MVtdan 185 MVtgaça kamaygan.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, uzilişga stansiyaning T-5 transformatoridagi şikastlaniş sabab bölgan. Hodisa kuzatuv kameralari yozuvlarida ham aks etgan.

Körilgan tezkor çoralar natijasida soat 19:09 da Yunusobod va Olmazor tumanlarida elektr taʼminoti qisman tiklangan. Soat 19:25 da zaxira manbalari orqali elektr taʼminoti töliq tiklangan. Soat 19:38 ga kelib esa barça isteʼmolçilar elektr energiyasi bilan qayta taʼminlangan.