Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga köra, Bojxona qömitasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Buxoro şahrida faoliyat yuritgan narkolaboratoriya foş etilgan.
Jondor tumanida yaşovçi 27 va 29 yoşli ikki fuqaro internet narkodökonida «omborçi» va «kimyogar» vazifalarini bajargani aytilmoqda. Ular viloyat markazidagi köp qavatli uylardan birining xonadonida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlaş va sotişni yölga qöyganlikda gumonlanmoqda.
Xonadon xolislar iştirokida közdan keçirilganda, u yerdan 6 kilogramm 650 gramm «spays», SIM-kartalar, respiratorlar, qölqoplar, zip-paketlar, elektron tarozi va köp miqdorda tamaki mahsulotlari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Tezkor tadbir davomida Kogon tumanidagi xufiyona joylar ham tekşirilgan. U yerlardan gumonlanuvçilar kiçik qismlarga bölib yaşirgani aytilayotgan yana 4 kilogramm 200 gramm «spays» topilib, protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 273 va 276¹-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçilarga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.












