Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari ishdan ketdi
Markazga 2019 yil sentabridan buyon Minhojiddin Mirzo taxallusi bilan tanilgan Minhojiddin Hojimatov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Foto: Facebook / Minhojiddin Mirzo
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzajanovich Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi.
U Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shoir va jurnalist Minhojiddin Mirzo 1965 yilda tug‘ilgan, 1990 yilda Toshkent davlat universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2013–2014 yillarda O‘zbekiston madaniyat va sport vaziri bo‘lgan. 2012–2013 yillarda Milliy teleradiokompaniya raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2018 yilda Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosarligiga o‘tgan. 2019 yil sentabr oyida Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari etib tayinlangandi.

Endilikda Otabek Abdurashidovich Hasanov Ma’naviyat va ma’rifat markazining yangi rahbari bo‘ldi. U shu vaqtgacha prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
O‘zbekiston | 17:14
-
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 17:01
-
Fuqarolik kodeksiga faktoring to‘g‘risidagi qoidalar kiritildi
O‘zbekiston | 15:59
-
Xitoy AQShdan suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 15:22
Mavzuga oid

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

20:45 / 15.04.2025
Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

17:07 / 07.04.2025
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi

16:38 / 18.03.2025