20-oktabr kuni Markaziy bank maʼlum qilganidek, sentabr oyida Rossiyaning oltin zaxirasi yana 0,2 million troya unsiyasiga (taxminan 6,2 tonnaga) qisqardi, uning umumiy hajmi esa 2019-yil oxiridan beri eng past körsatkiçga - 72,8 million unsiyagaça tuşib ketdi.
Dekabr oyida Markaziy bank sönggi ön yilliklardagi eng yirik sotuvni boşlaganidan buyon uning zaxiralaridagi oltin miqdori 2 million troya unsiyasiga, yaʼni taxminan 62 tonnaga kamaydi.
Xalqaro valyuta jamğarmasi statistikasiga köra, zamonaviy tarixda Rossiya öz oltin zaxirasini faqat bir marta bundan tezroq va köproq sotgan: 1998-yilda defolt, valyuta inqirozi va davlat qisqa muddatli obligatsiyalari piramidasining qulaşi fonida Markaziy bank uç oy içida 3,8 million troya unsiyasi (118 tonna) oltin sotib yuborgan edi. Töğri, yil oxiriga kelib quymalarning bir qismi qayta sotib olingan va yil yakunida Markaziy bankning oltin zaxirasi 1,6 million unsiyaga (taxminan 50 tonnaga), yaʼni joriy yildagidan kamroqqa qisqargan.
Keyinçalik Kreml zaxiralarda faqat oltin töplab bordi va 1990-yillarning oxiridan beri oltin zaxirasini beş barobardan köproqqa oşirdi. 2022-yil boşiga kelib u 74 million troya unsiyasi yoki 2,3 ming tonnani taşkil etib, hajmi böyiça dunyoda beşinçi örinda turardi.
Ötgan yil oxirida boşlangan hamda Rossiya Markaziy bankini dunyodagi barça markaziy banklar orasida eng yirik oltin sotuvçisiga aylantirgan bu sotuv jarayoni Moliya vazirligi ilgari Milliy farovonlik jamğarmasi (FOB) aktivlari bilan ötkazgan operatsiyalarni «aks ettiriş» bilan boğliq, deb taʼkidlaydi Reuters:.
Sotilgan Rossiya oltinining bir qismi Xitoyga oqib ketmoqda - u joriy yilda Rossiyadan qimmatbaho metall xarid qilişni tarixiy rekord darajagaça oşirdi. Xitoy bojxona boşqarmasi maʼlumotlariga köra, yanvar-iyul oylarida Honkongga Rossiyada qazib olingan 100 tonnaga yaqin oltin keltirilgan - bu ötgan yilning şu davriga nisbatan uç barobar köpdir.
Dunyodagi eng yirik London bozori Rossiya oltini uçun öz eşiklarini yopgaç, rossiyalik yetkazib beruvçilar eksportni şarqqa yönaltirmoqda. Uruşning birinçi yilidayoq Rossiyadan Xitoyga oltin oqimi yopirilgan va, Financial Times hisob-kitoblariga köra, şundan beri Honkong orqali 35 milliard dollarlik qimmatbaho metall olib çiqib ketilgan.












