Qonunchilikka koʻra, boshqa transport vositalari harakatiga qasddan toʻsqinlik qilish yoʻl bezoriligi hisoblanadi.

Shuningdek, harakatlanish burchagi va (yoki) tezligini saqlagan holda transport vositasini sababsiz sirpantirish - drift qilish ham shunday harakatlar sirasiga kiradi.

Haydovchining oʻz yoʻnalishida harakatlanish boʻlagini sababsiz, keskin ravishda uch va undan ortiq marta uzluksiz oʻzgartirishi ham yoʻl bezoriligi deb baholanadi.

Bundan tashqari, yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga tahdid soluvchi harakatlarni namoyishkorona sodir etish uchun ham mazkur javobgarlik belgilangan.