DW xabariga köra, Britaniya Mudofaa vazirligi bu haqda 20-oktabr kuni maʼlum qilgan. Qaror Eronga ittifoqçi husiyçilarning Saudiya Arabistoniga hujumlari kuçaygan bir paytda qabul qilingan.
Qiruvçilardan taşqari, Britaniya harbiy texnikani taşiş uçun Airbus A400M transport samolyotini ham taqdim etadi. Mamlakatga britaniyalik harbiy maslahatçilar ham yuboriladi.
London husiyçilarning fuqarolik obyektlariga, jumladan, Ar-Riyod aeroportiga zarbalarini qoralagan. Britaniya mudofaa vaziri Ues Striting bu hujumlarni mintaqadagi vaziyatni keskinlaştiruvçi harakatlar deb baholagan.
10-oktabr kuni Ar-Riyoddagi Qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportga raketa zarbasi berilişi oqibatida 13 kişi halok bölgan, yana 308 kişi jarohatlangan. Hujum uçun masʼuliyatni husiyçilar öz zimmasiga olgan.
Guruh Saudiya Arabistoni havo hududini «harbiy operatsiyalar zonasi» deb eʼlon qilib, yölovçi samolyotlarini undan foydalanmaslikka çaqirgan. Keyinçalik aeroport yana hujumlarga uçragan.
Husiyçilar sentabr boşida Yaqin Şarqdagi harbiy harakatlarini kengaytirişini bildirib, Saudiya Arabistoni janubidagi tört şaharga zarba bergan edi. Öşa hujumlarda 70 dan ortiq kişi jabrlangan, neft obyektlarida yonğin çiqqan. Saudiya tomoni esa Yamanning husiyçilar nazoratidagi viloyatlariga 60 dan ortiq havo zarbasi bergan.
Sentabrda husiyçilar Qizil dengiz sohilidagi Moxa porti va Bob al-Mandab böğozidagi ayrim orollarni ham egallagan. Mazkur böğoz jahon savdosi va neft taşuvlari uçun muhim yönaliş hisoblanadi.
Guruh Bob al-Mandab orqali harakatlaniş Saudiya kemalaridan taşqari barça tijorat kemalari uçun xavfsiz ekanini daʼvo qilgan. 19-sentabrda esa Saudiya boşçiligidagi koalitsiya husiyçilarning Ar-Riyodga yönaltirilgan ballistik raketasi tutib qolinganini maʼlum qilgan edi.












