Davlat xavfsizlik xizmati xabariga köra, reydlar Içki işlar vazirligi, Boş prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va «Özenergoinspeksiya» bilan hamkorlikda ötkazilgan.
Tadbirlar aholi uçun ajratilgan gazballonlarini noqonuniy saqlaş va qimmat narxlarda sotiş holatlarini aniqlaşga qaratilgan. Xabarda ayrim soha xodimlari fuqarolar bilan til biriktirib, gaz taʼminotidan şaxsiy daromad olişga uringani aytilgan.
Jizzax viloyatida töqqizta holat böyiça sotiş maqsadida noqonuniy saqlanayotgan 239 ta gazballoni topilgan. Jumladan, avval Zomin tumangaz taʼminoti bölimida rahbarlik lavozimlaridan birida işlagan şaxs qarindoşining xonadonida 152 ta ballon saqlagani aniqlangan.
Sirdaryo viloyatida esa Xovos tumangaz bölimi mansabdorlaridan birining uyidan hujjatlarsiz saqlanayotgan 30 ta gazballoni olingan.
Samarqand viloyatida Urgut tumangaz töldiriş şoxobçasi qorovuli gaz bilan töldirilgan uçta ballonni 2,5 million sömga sotayotgan vaqtda uşlangan.
Past Darğom tumanida yaşovçi, 1972-yilda tuğilgan fuqaroning xonadonidan esa gaz töldirilgan 22 ta ballon topilgan. DXX maʼlumotiga köra, u ballonlarni tumangaz bölimi haydovçisidan 70 ming sömdan olib, fuqarolarga 100 ming sömdan sotgan.
Farğona viloyatining Qöştepa tumanida gaz taʼminoti bölimi muhandisi va çilangari öz xonadonlarida aholi uçun möljallangan jami sakkizta gazballonini noqonuniy sotiş maqsadida saqlagani qayd etilgan.
Surxondaryo viloyatidagi reydlarda jami 65 ta gaz balloni hujjatlaştirilgan. Xususan, Bandixon tumanida yaşovçi 39 yoşli fuqaro tumangaz bölimi haydovçisidan 70 ming sömdan olgan 32 ta ballonni isteʼmolçilarga qimmatroq narxda sotmoqçi bölgani bildirilgan.
Navoiy viloyati Xatirçi tumangaz bölimi haydovçisining uyidan ham 26 ta gazballoni protsessual tartibda olingan. Şu kabi holatlar Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Namangan va boşqa hududlarda ham aniqlangan.
DXX bunday reydlar muntazam davom ettirilişini maʼlum qilgan. Aholi uçun möljallangan suyultirilgan gaz bilan boğliq noqonuniy holatlar haqida xizmatning 1520 qisqa raqamiga xabar beriş mumkin. Murojaat qiluvçining şaxsi sir saqlanişi kafolatlangan.












