AQŞ davlat kotibi Amerika-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşining ikkinçi yiğilişi oçilişida sözlagan nutqida Donald Tramp boşqaruvi davrida AQŞ va Özbekiston hamkorligi kengayib borayotgani haqida gapirdi va bunda prezident Şavkat Mirziyoyevning islohotlari muhim bölganini eʼtirof etdi.

«Biz ança oldinroq va kengroq miqyosda hamkorlikni yölga qöyişimiz kerak bölgan mintaqalardan biri – Markaziy Osiyo, xususan, Özbekiston edi.

Meni quvontiradigan jihati şundaki, bu vaziyat taxminan 10 yil oldin özgara boşladi va prezident Tramp rahbarligida jarayon sezilarli darajada jadallaşdi. Prezident Tramp uşbu munosabatlarga ustuvor ahamiyat qaratdi. U ötgan yili Oq uyda sammit ötkaziş orqali bu yönaliş qançalik muhimligini namoyiş etdi. Şuningdek, özi katta işonç bildiradigan Serjio Gorni Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili etib tayinladi.

Umid qilamanki, mening bugungi taşrifim ham uşbu mintaqa biz uçun qançalik ustuvor ekanini körsatadi. Bundan ham muhimi, joriy yil oxirida Qöşma Ştatlarda bölib ötadigan G20 yiğilişiga mintaqaning bir qator davlatlari, jumladan, Özbekiston ham kuzatuvçi sifatida taklif etilmoqda», deydi AQŞ davlat kotibi.

U Amerika va mintaqa hamkorligini mustahkamlaş va kengaytirişga qaratilgan işlar davom ettirilişini maʼlum qilgan.

«Heç kimda şubha bölmasin. Qöşma Ştatlar uşbu mintaqaning ham, Özbekistonning ham hamkori bölişni istaydi. Biz allaqaçon hamkormiz va bu hamkorlikni yanada mustahkamlaş va kengaytiriş niyatidamiz.

Bugungi kun – bu yöldagi katta qadamdir. Işonamanki, 5-6 yildan keyin odamlar Amerikaning Özbekiston bilan munosabatlari qanday rivojlanganini tahlil qilganida aynan bugungi oqşomni eslaşadi.

Amerika biznesi va prezident Şavkat Mirziyoyev islohotlarini. Ular bugun şu yerda yiğilgan barçangizni, Qöşma Ştatlardan uzoq yöl bosib kelgan 200 nafardan ortiq işbilarmonlarni eslaşadi.

Bunga köniking. Çunki bu hamkorlik tobora kengayib boradi. Balki bu yerdan kvartira yoki kiçikroq uy sotib olişingiz kerak bölar. Çunki endi Özbekistonga tez-tez kelişingizga töğri keladi. Biz bunga umid qilamiz.

Siz amalga oşirgan islohotlaringizsiz bularning imkoni bölmasdi, janob prezident. Siz mamlakatingizni dunyoga oçdingiz. Eng muhimi, Qöşma Ştatlar va prezident Trampni hamkor sifatida qabul qildingiz. Natijada siz nafaqat öz mamlakatingiz, balki butun mintaqa va Qöşma Ştatlar uçun ham birgalikda rivojlaniş böyiça ulkan imkoniyatlar yaratdingiz», degan AQŞ davlat kotibi.