Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga bordi.

Turkmanboshi shahri aeroportida davlat rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi 8-oktabr kuni Markaziy Osiyo va Ozarboyjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuvida, 9-oktabr kuni esa Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Tadbirlar doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.