Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Taşabbusli byudjet”dagi faollik va samaradorlikni hududlar kesimida aks ettiruvçi reytingni eʼlon qildi.
Maʼlum bölişiça, Buxoro viloyati maksimal 100 balldan 86,6 ball töplagan va taşabbusli byudjetlaştiriş böyiça eng namunali hududga aylangan. Ikkinçi örindagi Namangan viloyati 83,6 ball töplagan.
Farğona, Surxondaryo va Toşkent viloyatlari ham 77 ball bilan yuqori örinlarni egallagan.

Sönggi örindagi Andijon viloyatining natijasi boşqa hududlarnikidan keskin farq qiladi: 55,3 ball. Viloyatdagi 16 ta tuman (şahar)dan faqat bittasi “yaşil” toifaga, 6 tasi “sariq”, 9 tasi esa “qizil” toifaga kirgan.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy va Qaşqadaryo viloyatlari ham umumiy “sariq” toifaga tuşgan.

Reyting – 2026-yil 3-çorak böyiça, 5 ta mezon asosida tuzilgan bölib, har bir mezon böyiça hududlarga maksimal 20 ball berilgan:
aholi tomonidan taklif etilgan loyihalarni saralaş bosqiçining taşkil etilişi;
aholining “Taşabbusli byudjet” jarayonlariga jalb etilişi;
hududiy jamğarmalarni şakllantiriş böyiça talablarning bajarilişi;
jamoatçilik nazorati (loyihalarga taşabbuskorlar tomonidan portalda baho berilişi);
ğolib çiqqan loyihalarning ijrosi.
Sönggi mezon – ğolib loyihalarning amalga oşirilişi böyiça Jizzax (20 balldan 16 ball), Xorazm (15,5 ball) va Surxondaryo (15,3 ball) viloyatlari eng yuqori körsatkiçni qayd etgan.
Sirdaryo (11,7 ball), Navoiy (12,4 ball), Andijon va Samarqand viloyatlari (12,9 balldan) esa loyihalar ijrosi böyiça past natija qayd etgan.













