Naked Science tayyorlagan infografika Ember’ning Global Electricity Review 2026 maʼlumotlariga asoslangan. Unda 18 mamlakatning töliq 2025-yil yakunlari taqqoslangan.

Körsatkiçlar mamlakat içida işlab çiqarilgan elektr energiyasida har bir manbaning uluşini ifodalaydi. Ular elektr stansiyalarining örnatilgan quvvati yoki mamlakatning barça turdagi energiya isteʼmolini anglatmaydi.

Qaysi mamlakat qaysi manbaga tayanadi?

Fransiyada atom elektr stansiyalari jami elektrning 68,79 foizini bergan. Norvegiyada esa gidroenergetikaning uluşi 90,03 foizga yetgan.

GESlar Kanada va Braziliyada ham elektr işlab çiqarişning yarmidan köpini taʼminlagan:

  • Kanada - 52,84 foiz;

  • Braziliya - 51,78 foiz.

Daniyada eng yirik manba şamol bölib, uning uluşi 57,69 foizni taşkil etgan.

AQŞda gaz elektr işlab çiqarişning 39,99 foizini taʼminlagan. Rossiyada ham gaz yetakçi - 44,70 foiz. U yerda qolgan yirik manbalar kömir - 18,40 foiz, atom energetikasi - 18,33 foiz va gidroenergetika - 16,74 foiz bölgan.

Xitoyda kömirning uluşi 54,35 foiz bölib qolgan. Ayni paytda quyoş va şamolning birgalikdagi uluşi 21,81 foizga yetgan.

Hindistonda elektrning 70,82 foizi, Janubiy Afrika Respublikasida esa 81,36 foizi kömir hisobiga işlab çiqarilgan.

Jahon miqyosida qayta tiklanuvçi manbalar kömirdan özgan