Xorazm viloyatining Boğot tumanida bir oilaning 4 aʼzosi zaharlanib, vafot etdi. Holatni hodisa sodir bölgan Maʼnaviyat mahallasi raisi Kun.uz’ga tasdiqladi.

Mahalla raisining aytişiça, ayol va uning qizlari ölimiga nima sabab bölgani hozirça aniq emas. Ammo ular salatdan zaharlangan bölişi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

“Oilada tuğilgan kun nişonlangan. Ertasi kuni ayol qizlari bilan tuğilgan kun tadbiridan qolgan salatni isteʼmol qilgan. Bu paytda uning turmuş örtoği uyda bölmagan. Salatlarni ayolning özi tayyorlagan bölgan”, deydi mahalla raisi.

Vafot etgan qizlarning eng kattasi 7 yoş bölgani aytilmoqda. Oilada uç qizdan boşqa farzand bölmagan.

Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning maʼlum qilişiça, holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-11-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Marhumlarning ölim sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Tergov harakatlari har tomonlama, töliq va xolisona ötkazilişi taʼminlanib, natijalariga köra qonuniy qaror qabul qilinişi bildirilgan.