Oxirgi paytda inklyuziv ta'lim tuşunçasi tez-tez tilga olinmoqda, köpçilik bu tuşunçani nogironligi bor bolalarning soğlom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda öqişi, bir partada ötirişi deb tuşunadi xolos.

"Aslida, faqat bu emas. Inklyuziv ta'lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil şaroitda ta'lim olişini anglatadi. Ya'ni imkoniyati çeklangan bola soğlom bolalar bilan bir xil e'tiborda öqiy olişi kerak. Kam ta'minlangan oilaning farzandi kambağal oiladan bölgani uçun ta'mirlanmagan maktabga borişi kerak emas", – deydi Özbekiston  Nogironlar uyuşmasi raisi Oybek Isoqov.

Özbekistonda oilaviy şaroitidan qat'i nazar, barça bolalar davlat umumta'lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovçilar öz yonidan pul tölab xususiy maktablarda öqişi mumkin. Lekin imkoniyati çeklangan bolalarning boşqa soğlom bolalar bilan teng şaroitda öqiyotgani haqida maqtanib bölmaydi. Bu borada muammolar köp. 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan «Alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalarga ta'lim-tarbiya beriş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:

  • alohida ta'lim ehtiyoji bölgan bolalar öqitiladigan ayrim ta'lim muassasalarida ular uçun tösiqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
  • alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalar öqitiladigan ta'lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qöllanmalar, turli kasblarga öqitişga möljallangan uskuna va jihozlar bilan töliq ta'minlanmagan;
  • alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalarning bilim oliş huquqi, inklyuziv ta'lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatçilik örtasida tuşuntiriş işlarini olib boriş yölga qöyilmagani natijasida ota-onalar alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan farzandlarini umumta'lim muassasalarida öqitişi mumkinligi haqida yetarli ma'lumotga ega emas;
  • alohida ta'lim ehtiyojlari bölgan bolalarni inklyuziv ta'limga jalb qiliş bilan boğliq muammolarni hal etiş masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e'tibor qaratilmayapti;