11-oktabrga ötar keçasi Ukraina dronlari «Yandeks»ning Vladimirdagi data-markaziga ham hujum qildi.

Kompaniya data-markaz infratuzilmasi zarba oqibatida şikastlangani, uning faoliyati butkul töxtaganini maʼlum qilgan. Jabrlanganlar yöq.

«Qolgan resurslar konfiguratsiyasini beqaror deb hisoblaymiz. Platformaning işlaş rejimi favqulodda holatda – boşqa har qanday muqobil favqulodda tiklaş rejalarini işga tuşirişni tavsiya etamiz. Texnik qöllab-quvvatlovçi aloqa kanallari beqaror işlaşi mumkin», – deb xabar bergan Yandex Cloud Alerts telegram-kanali.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uşbu hujum oqibatida voqea joyida kuçli yonğin çiqqanini köriş mumkin.

Bu ukrainlar «Yandeks» kompaniyasi obyektlariga bir hafta içida uçinçi marta hujum qilişi bölmoqda. Bungaça «Yandeks»ning Ryazan va Kaluga oblastlaridagi data-markazlari ham zarba ostida qolgandi. Ryazan oblasti Sasovo şahriga hujum oqibatida kompaniyaning uçta uçta superkompyuteridan ikkitasi – «Çervonenkis» va «Lyapunov» işdan çiqqandi. Uçinçi superkompyuter «Galuşkin» esa aynan Vladimirdagi data-markazda joylaşgandi.

Bu hujumlardan keyin Rossiyaning turli hududlarida «Yandeks» xizmatlarining bir qismidan, jumladan, «Yandeks Go», «Yandeks Pey», «Yandeks Yeda», «Yandeks Pro», «Kinopoisk», «Alisa» va boşqalardan foydalanib bölmayapti.

Mamlakatning turli şaharlaridagi foydalanuvçilar taksi çaqira olmayotgani va yetkazib berişga buyurtma bera olmayotganidan şikoyat qilmoqda. «Rostov-Don şahrida barça taksilar töliq töxtab qolgan. Hatto mahalliylari ham», – deb yozadi «Ostorojno, novosti» telegram-kanali öquvçilari.

MDHning boşqa mamlakatlarida, jumladan, Özbekistonda ham xizmatlar faoliyatida uzilişlar kuzatilmoqda. Xususan, 11-oktabr tongida taksi buyurtma qiliş, yetkazib beriş va boşqalarni birlaştiruvçi «Yandeks Go» xizmati faoliyatida bir neça soatlik uzilişlar röy berdi. Taksi buyurtma qilişga urinişda narxlar körinmagan va buyurtmani rasmiylaştiriş imkoni bölmagan.

Ikki kun oldin esa Ryazan oblastidagi data-markazga hujumdan keyin Özbekistondagi eng yirik marketpleys Uzum Market işida ham muammolar yuzaga kelgandi.

«Yandeks» kompaniyasi oltita data-markazga egalik qiladi. Oçiq maʼlumotlarga köra, hali hujumga uçramagan yana ikkita markaz Moskva oblastida, uçinçisi – Moskva şahrida joylaşgan.