Özbekistonning janubdagi gavhari hisoblangan Surxondaryo viloyati keyingi yillarda körkam, obod, tarovatli hududlardan biriga aylandi. Infratuzilma rivojlandi. Tarixiy yodgorliklar asrab-avaylanmoqda. Ziyoratgohlar obodonlaştirildi. Bularning bari viloyatning sayyohlik salohiyatini oşirmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga xabar berişiça, hozirda bu yerda 504 ta moddiy madaniy meros obekti röyxatga olingan bölib, ularning 69 tasida sayyohlarning taşrif buyurişi közda tutilgan. Joriy yilning ötgan davrida 23 mingdan ziyod xorijlik va 46 mingga yaqin mahalliy sayyoh taşrif buyurganining öziyoq uning sayyohlik yönalişidagi jozibadorligi oşib borayotganidan dalolat beradi.

Sayyohlarni qabul qiliş borasidagi imkoniyatlar ham yil sayin kengayib boryapti. 2018 yilning ötgan davrida 159 örinli 5 ta zamonaviy mehmonxona, 51 ta mehmon uylari 200 örinli 1 ta soğlomlaştiriş maskani foydalanişga topşirildi. Yana 26 ta mehmonxona, 5 ta soğlomlaştiriş va aholi dam oliş maskanida quriliş-ta'mirlaş, 12 ta mehmon uylarini taşkil etiş işlari olib borilmoqda. Sayyohlarga transport xizmatini körsatiş maqsadida yuqori xavfsizlik hamda birmunça qulayliklariga ega 18 ta avtobus olib kelindi.

Bu boradagi keng qamrovli işlar sayyohlarga xizmat körsatiş darajasini oşiradi. Yangi iş örinlari yaratilişiga olib keladi. Xorijliklarning boy ma'naviy-madaniy merosimizdan bahramand bölişlariga imkoniyat yaratadi.

Quyida Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tayyorlangan vohaning sayyohlik salohiyatini tarğib qiluvçi videorolik birinçi bölib Kun.uz orqali namoyiş etiş uçun taqdim etildi.