Vazirlikning 20-oktabrdagi xabarlariga köra, yangi tayinlangan rahbarlar bunga qadar konsalting, taʼlim metodikasi va texnik kadrlar tayyorlaş yönalişlarida faoliyat yuritgan.

Oybek Behzodoviç Yöldoşev taʼlim va ilm-fan vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar PwC Uzbekistan kompaniyasining davlat sektori, infratuzilma va ESG böyiça konsalting amaliyoti direktori bölib işlagan.

Mehriniso Doniyorovna Pardayeva taʼlim va ilm-fan vaziri örinbosari böldi. Tayinlovga qadar Taʼlimni rivojlantiriş respublika ilmiy-metodik markazida boşqarma boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.

Sanjar Mahamatjan öğli Mirzaliyev ham vazir örinbosari etib tayinlandi. U avval Belarus–Özbekiston qöşma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijroçi direktori bölgan.

Yangi örinbosarlar taniştirilgan yiğilişda ijro intizomi masalalari ham muhokama qilingan. Topşiriqlarni öz vaqtida va sifatli bajariş, masʼuliyatni oşiriş hamda ijro intizomini mustahkamlaş böyiça çora-tadbirlar belgilangan.