AQŞ prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Jekson-Venik tuzatişini bekor qilişni yoqlaydi. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 19-oktabr kuni Samarqandda jurnalistlarga maʼlum qildi.

«Biz uning bekor qilinişi tarafdorimiz. AQŞ Kongressida bunday qarorni qöllab-quvvatlovçi köplab nufuzli şaxslar bor. Senatda nomzodimni tasdiqlaş böyiça eşituvlar çoğida ham bu haqda söraşgan va men bekor qilinişini yoqlaşimni aytgan edim. Maʼmuriyat ham bunga çaqirmoqda. Kongress hozirça şunçaki bu masalaga yetib kelgani yöq, ammo bu sodir bölişiga umid qilamiz», - dedi Rubio.

2025-yil noyabrda AQŞ Kongressining ikkala palatasi - Senat va Vakillar palatasi 1974-yildan beri amalda bölgan va migratsiya erkinligiga tösqinlik qiluvçi davlatlar bilan savdo aloqalarini çeklaydigan Jekson-Venik tuzatişini bekor qiliş töğrisidagi qonun loyihasini kiritgan edi. Biroq, uşbu loyiha böyiça ovoz beriş jarayoni hanuz ötkazilmagan.

Sovuq uruş davrida qabul qilingan tuzatiş uzoq yillar davomida bir qator davlatlar, sobiq SSSR davlatlari, jumladan Özbekiston bilan savdoga siyosiy çeklovlar qöygan edi.

SSSR parçalanganidan söng, qonun avtomatik ravişda barça MDH mamlakatlariga taalluqli böldi. Keyinçalik, AQŞ baʼzi davlatlarni uning taʼsiridan çiqardi: Rossiya, Ukraina, Qirğiziston, Armaniston, Gruziya, Latviya, Litva, Estoniya. Biroq, Markaziy Osiyoning aksariyat davlatlari - Qozoğiston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston - çeklovlar ostida qolmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, tuzatişning bekor qilinişi quyidagilar uçun şaroit yaratadi:

  • Markaziy Osiyo mamlakatlarining AQŞ bozoriga kirişini kengaytiriş;

  • Amerika investitsiyalarini jalb etiş;

  • mintaqaning Vaşington bilan strategik şerikligini mustahkamlaş.