«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, taşrif doirasida Rubioning Özbekiston rahbariyati va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkasblari bilan muzokaralari ham rejalaştirilgan.

Uçraşuvlarda iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, transport va energetika aloqalarini rivojlantiriş, mintaqaviy özaro boğliqlikni kuçaytiriş masalalariga eʼtibor qaratiladi. Özbekiston uçun sanoat, energetika, infratuzilma, qişloq xöjaligi va raqamli iqtisodiyotga Amerika sarmoyasi hamda texnologiyalarini jalb etiş muhim yönalişlar sifatida körilmoqda.

Ikki mamlakat örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 2025-yilda bir milliard dollardan oşgan. Özbekistonda Amerika kapitali iştirokidagi 346 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Şulardan 143 tasi töliq Amerika kapitaliga tegişli. 2017-yildan buyon Amerika sarmoyasi iştirokida 203 ta korxona taşkil etilgan.

Özbekiston bozorida faoliyat olib borayotgan kompaniyalar orasida Air Products, General Electric, General Motors, Boeing, Honeywell, Coca-Cola va John Deere bor.

2026-yil iyunida Toşkent xalqaro investitsiya forumi doirasida ötkazilgan Amerika–Özbekiston biznes-forumida 193 ta Amerika kompaniyasi vakillari qatnaşgan. Unda investitsiya loyihalari va işbilarmonlik aloqalarini kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.

Hamkorlikning alohida yönalişlaridan biri muhim minerallardir. 2026-yil fevralida Özbekiston va AQŞ muhim minerallar hamda nodir yer elementlari taʼminoti barqarorligini taʼminlaşga qaratilgan özaro anglaşuv memorandumini imzolagan. Bu geologiya-qidiruv, qazib oliş va qayta işlaş sohalarida qöşma taşabbuslar uçun asos bölişi közda tutilgan.

C5+1 formati 2015-yil noyabrida Samarqandda işga tuşirilgan. U AQŞ hamda Markaziy Osiyoning beş davlati - Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Turkmanistonni birlaştiradi.

Format doirasidagi birinçi yetakçilar sammiti 2023-yilda Nyu-Yorkda, ikkinçisi esa 2025-yil noyabrida Vaşingtonda ötkazilgan. Vaşingtondagi tadbirlar davomida Amerika kompaniyalari mintaqa mamlakatlari bilan 25 milliard dollardan ortiq tijoriy kelişuvlarga erişganini eʼlon qilgan.

AQŞ Savdo vazirligi maʼlumotlariga tayangan xabarda Amerika tadbirkorlarining Markaziy Osiyo davlatlari bilan tuzgan tijoriy kelişuvlari umumiy hajmi 100 milliard dollardan oşgani ham qayd etilgan. Bu raqamlar amalga oşirib bölingan investitsiyalar emas, eʼlon qilingan kelişuvlar hajmini anglatadi.