Kun.uz muxbiri voqea joyidan reportaj tayyorladi.

Ma’lum bölişiça, holat 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qiliş kunida sodir bölgan.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Qahramon yigitlar – Şohrux Boborahimov, Murod Saydalimov, Jasur Eşnazarov hamda Ozod Ötkirov. Ular Samarqand şahridagi 80-umumta’lim maktabining 11-sinf bitiruvçilari ekanini ma’lum qilişdi.

“Qizaloq tuşib ketgan köp qavatli uyda örtoğimiz ham yaşaydi. Öşa kuni maktabda imtihonlarni topşirib, uy yaqinida döstimizni kutib turgandik. Tasodifan yuqorida osilib turgan qizçaga közimiz tuşdi. Bir sinfdoşimiz qizaloqning yaqinlariga xabar beriş uçun yugurdi. Biz, uç kişi bölib qizçani tutib olişga intildik. Pastdan turib qizçaga biroz sabr qil, qöyib yuborma, deb baqirdik. U bizni eşitdi, lekin kuçi yetmay pastga quladi. Pastki qavatdagi tunukaga urilib, havoda ikki metrça uzoqlab ketdi. Özimni orqaga olib qölimni tutdim, döstlarim ham tezda yordamga oşiqişdi. Xudoga şukur, qizça qölimizga tuşdi va omon qoldi”, – dedi Şohrux Boborahimov.

Ma’lum bölişiça, qizça derazaga örnatilgan temir tösiq orasida ma’lum muddat boşi bilan osilib qolgan. Öşa jarayonda uning boş qismi biroz jarohat olgan. Yigitlar uni tutib olgaç, tezlik bilan unga dastlabki tibbiy yordam körsatilgan va şifoxonaga olib ketilgan.

Foto: KUN.UZ
Foto: KUN.UZ

Qizning onasi Şahlo Şodiyorova öşa kuni farzandlarini köçaga aylantirişni rejalaştirib turgan. Kiçik öğli ehtiyotsizlik sabab uy eşigini içkaridan yopib qöygan. Natijada ona taşqarida qolib, taşqaridan eşikni oçiş uçun harakat qilgan. Biroq içkarida qolgan kiçik qizi qörquv sabab deraza tokçasiga çiqqan. Öşa yerdan pastga qarab yordam çaqirmoqçi bölgan va özi temir panjara orasidan tuşib ketgan.