800 ming fuqaroning 22 mlrd sömlik asossiz kommunal qarzi qayta hisoblandi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.
Pedofiliya uçun jazo kuçaytirildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev bolalarga nisbatan zöravonlik jinoyatlari uçun jazoni oğirlaştiruvçi qonunni imzoladi. Qonun bilan 5 ta kodeks va 6 ta qonunga özgartirişlar kiritildi.
Bundan buyon 14 yoşga tölmagan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday oğir jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş muddatida çeklov bölmaydi.
Şuningdek, jinsiy zöravonlikka oid jinoyat işlari böyiça voyaga yetmagan jabrlanuvçiga davlat hisobidan yuridik yordam körsatadigan advokatning iştirok etişini taʼminlaş çoralari köriladi.
8 million dollarlik firibgarlikda bankning kiberxavfsizlik xodimi ham qatnaşgani maʼlum böldi
Toşkentda banklar nomidan qönğiroq qilib, fuqarolarning pullarini özlaştiriş va ularning nomiga onlayn kredit rasmiylaştiriş bilan şuğullanganlikda gumonlanayotgan guruh faoliyatiga çek qöyildi. Xabarga köra, guruh tarkibida banklardan birining boş ofisi kiberxavfsizlik bölimi xodimi ham bölgan.
Maʼlum qilinişiça, Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yaşovçi, 1989–2005-yillarda tuğilgan beş nafar şaxs Mirobod tumanidagi noturar binoni ijaraga olib, soxta koll-markaz taşkil etgan.
Taqdim etilgan maʼlumotga köra, jinoiy yöl bilan topilgan jami 8 million AQŞ dollari kriptovalyuta körinişida soxta korxona orqali xorijiy davlatga çiqarilib, legallaştirilgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.
Biznesni davlat tomonidan röyxatga oliş tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan biznesni röyxatga olişni ötkaziş çora-tadbirlari tasdiqlandi. Qarorga köra, röyxatga oliş 2026-yil 15-oktabrdan 30-noyabrga qadar ötkaziladi. Röyxatga oliş sanasi - 2026-yil 1-oktabr, soat 00:00.











