Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Murat Kamalovning betobligi sababli vakolat muddatini oldindan töxtatiş va egallab turgan lavozimidan ozod etiş haqidagi murojaati körib çiqilib, uning vakolat muddatini oldindan töxtatiş va egallab turgan lavozimidan ozod etiş töğrisida qaror qabul qilindi.

Davlat rahbarining kiriş sözidan söng Oqsoqollar kengaşi qaroriga muvofiq Jöqorği Kenges raisi lavozimiga tavsiya etilgan Amanbay Tleubayeviç Orinbayevning nomzodini körib çiqişga ötildi.

Amanbay Orinbayev / Prezident matbuot xizmati

Amanbay Orinbayevning nomzodini körib çiqişdan avval prezident nomzodning hududni jadal rivojlantiriş, aholiga munosib turmuş şaroiti yaratiş, mavjud muammolarni hal etiş böyiça rejalari va takliflarini tinglaşni taklif etdi.

Nomzod Qoraqalpoğistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş, agrar sohani rivojlantiriş, sanoat loyihalarini köpaytiriş, infratuzilmani rivojlantiriş, aholini ijtimoiy himoya qiliş, ta’lim va yoşlarni qöllab-quvvatlaş borasidagi mavjud muammolarni va ularni hal qiliş böyiça takliflarini bayon etdi. Prezidentdan bu rejalarni töliq amalga oşiriş uçun zarur bölgan resurslar ajratilişida kömak söradi.

  • Eslatib ötamiz, Murat Kamalov 2020 yil kuzida Musa Yerniyazov örniga Qoraqalpoğiston rahbari bölgandi. Bugungi sessiyada prezident Qoraqalpoğiston rahbariyatini iyun oyi boşidagi voqealar uçun keskin tanqid qildi.
  • Ma’lumot uçun, Amanbay Orinbayev muqaddam IIB tizimida turli lavozimlarda işlagan, 2022 yil martidan iyuliga qadar Qoraqalpoğiston içki işlar vaziri bölgan, hozirga qadar Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining Ekologiya va Orolböyi hududlarini rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlayotgandi.