18:43 / 08.01.2017
47370

O‘zbekiston yangi yilning ilk haftasida: yuqori organda lavozimiy o‘zgarish, xalq hayotida yengilliklar, qonunchilikda kutilmagan o‘zgarishlar

Yangi yilning birinchi haftasida O‘zbekiston hayotida turli voqea-hodisalar bo‘lib o‘tdi. Ularning eng saralari haftalik dayjestda.

Lavozimiy o‘zgarishlar

Foto: Flickr

O‘zbekistonning ayrim vazirlik va davlat tashkilotlarida lavozimiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

IIV rahbari o‘zgardi.
Favqulodda vaziyatlar vaziri boshqa lavozimga tayinlandi.
IIVning yangi rahbariga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
Toshkentning Uchtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi.
«Nuroniy» jamg‘armasining yangi rahbari o‘z faoliyatini boshladi.
«Mahalla» fondiga yangi rahbar tayinlandi.
Davlat maslahatchisiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi.

Aholiga bo‘lgan yengilliklar

Foto: Kun.uz

Odamlar hayotini yanada yengillashtirish maqsadida o‘tgan haftada turli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bularga turli tashkilot rahbarlarining virtual qabulxonasi ishga tushgani, turli yo‘nalishdagi yo‘llarning ochilgani va boshqa ishlarni misol keltirish mumkin.

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining virtual qabulxonasi ishga tushdi.
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va yuborish yangi xizmati ishga tushdi.
O‘zbekistonda olib qochilgan avtomobil kompyuterdan turib to‘xtatiladi.
“O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi virtual qabulxonasi ishga tushdi.
Namanganda 100 ga yaqin ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.
Namangan viloyati hokimining virtual qabulxonasi ishga tushirildi.
Qamoqxonaga savol berish mumkin bo‘ldi.
Avtobus yo‘nalishlari metropoliten liniyasi bilan takrorlanmaydi.
O‘zbekistonda yangi yilda benzin narxi o‘zgarmadi.
Akademiklarning oylik gonorarlari oshiriladi.
BMT Orol dengizi havzasidagi halokat oqibatlarini yumshatishda O‘zbekistonga yordam beradi.
Qoraqalpog‘istonda 240 oilaga yigirma besh donadan jo‘ja tarqatildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining virtual qabulxonasi ishga tushdi.
Toshkentda yangi ko‘ngilochar bog‘ paydo bo‘ladi.
Sud departamenti direktorining virtual qabulxonasi ishga tushdi.
“Qarshi–Dehqonobod” temir yo‘l uchastkasining 90 kilometri elektrlashtirildi.
Fevral oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonni bog‘lovchi yo‘l ochiladi.
Islom Karimov Fondi iqtidorli yoshlarni chet elga o‘qishga jo‘natadi.

Qonunchilikdagi o‘zgarishlar

Foto: O‘zA

O‘zbekistondagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi, ayrim sohalarda esa yangi qonun va tartib-qoidalar joriy etildi.

Tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari doirasida qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Biznesni rejasiz tekshirishning barcha turlari bekor qilindi.
Ko‘chmas mulk ijarasining minimal stavkasi belgilandi.
Avtotransport ijarasining minimal stavkalari belgilandi.
Tamaki mahsulotlariga yangi aksiz soliqlari belgilandi.
Mobil operatorlar har bir abonent uchun 2000 so‘mdan to‘laydigan bo‘ldi.
Spirtli ichimliklarning aksiz soliqlari oshirildi.
Homiladorlik va tug‘ruqlar bo‘yicha nafaqalar to‘lash tartibi o‘zgartirildi.
O‘qituvchilarning haftalik o‘quv yuklamalari oshirildi.
2017 yilda farzandingizning bog‘chaga qatnashi qanchaga tushadi?
Bir necha yirik kompaniyalar ko‘pgina soliq va majburiy to‘lovlardan ozod etildi.
2017 yilda ayrim soliq stavkalarini saqlab qolindi.
To‘qimachilik sanoatiga soliq va bojxona imtiyozlari berildi.
Moliya vaziri va vazirlikning vakolatlari kengaytirildi.
Dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining cheklangan ulgurji, chakana va berish narxlari tasdiqlandi.

Va boshqa xabarlar

Foto: Prokuratura.uz

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinga mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan maktub yo‘lladi.
Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 5 yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.
2017 yilning 7 yanvarida prokuratura xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yetarlicha nazorat o‘rnatilmagan sohalar haqida so‘z yuritdi.
Karimov va Mirziyoyev 2016 yilning eng muhim shaxslari ro‘yxatidan joy oldi.

Mavzuga oid
Top