Özbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Moskvada Rossiya Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri Maksim Topilin bilan uçraşib, muzokaralar ötkazdi. Bu haqda Rossiya Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Tomonlar uçraşuv doirasida Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasida monitoring tartibiga doir hujjatni imzolaşdi. U 1994 yil 9 sentabrda ikki mamlakat örtasidag bitimga muvofiq, mehnat majburiyatlarini bajarayotgan vaqtda yetkazilgan talofat, soğliqqa doir zararlarni özaro tan olişni közda tutadi. 

Monitoring Özbekiston va Rossiya hududida doimiy ravişda istiqomat qilib, Kelişuvning 2- va 3-moddalariga muvofiq suğurta ta'minotiga ega kişilarga nisbatan qöllaniladi. 

Maksim Topilinning aytişiça, monitoring mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtda jabrlanganlarga öz vaqtida tovon pullarini tölaş imkonini beradi. 

Bundan taşqari, vazirlar Özbekiston va RF örtasida özbekistonliklarni Rossiyada mehnat faoliyatiga taşkillaştirilgan holda amalga oşiriş masalasini ham muhokama qilişgan. 

Hujjat mehnat munosabatlari va ijtimoiy suğurta masalalarini muvofiqlaştiradi. Tomonlar ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida hamkorlikni davom ettirişga kelişib olişgan.