Özbekiston Respublikasi Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov Koreya Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Kvon Yon Uni qabul qildi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuvda Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Özbekiston fuqarolarini tanlab oliş mexanizmlari, bu sohada tomonlar vakolatlarini aniqlaştiriş, xolislik, adolat va oşkoralik prinsiplarini ta'minlaşga yönaltirilgan qöşimça çora-tadbirlar, şuningdek Özbekistondan mehnat resurslari uçun kvotani oşiriş va Koreyada işlaş uçun ruxsat beriş jarayonini qisqartiriş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi. 

Mehnat vaziri Koreya tomonini taşqi mehnat migratsiyasi masalalari böyiça Agentlik rahbariyati tarkibiga oid qabul qilingan kadr qarorlari, ehtimoliy işçilarni tanlab olişning yangi mexanizmlari va usullari, jumladan, mintaqaviy kvotalar va bu jarayonni nazorat qilişga jamoatçilikni faol jalb etiş böyiça takliflar, aholi örtasida Koreya Respublikasida qonuniy mehnat faoliyatini olib boriş tartibi töğrisida tuşuntiriş işlari ötkazilişi haqida xabardor etdi. 

Abduhakimov, şuningdek, mehmonlarni Mehnat vazirligi tomonidan mehnat migratsiyasini tartibga soliş böyiça işlab çiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham taniştirdi. Bundan taşqari, mehmonlarga Rossiya, Yaponiya va Polşada vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun fuqarolarni taşkiliy tanlab oliş va jalb etiş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar haqida ham ma'lumot berildi.

Kvon Yon U Mehnat vazirligi tomonidan mintaqaviy kvotalar böyiça mehnat migrantlarini tanlab oliş mexanizmi böyiça işlab çiqilgan yangi taşabbus va takliflar mantiqiy, adolatli va aniq natijalar berişini ta'kidlab ötdi. 

Tomonlar Özbekiston va Koreyaning mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlari hamkorligini sifat jihatidan yangi darajaga olib çiqişga kelişib oldilar.