17:25 / 28.07.2017
18844

Matbuot va axborot agentligiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Matbuot va axborot agentligiga Laziz Tangriyev bosh direktor etib tayinlandi. Bu ma'lumotni agentlikdagi manba «Kun.uz»ga tasdiqladi.

Laziz Tangriyev bu lavozimda 2013 yildan buyon direktor bo‘lgan Omonulla Yunusov o‘rnida ish boshlagan.

Tangriyev bungacha G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Top