Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida qiliçbozlik böyiça ösmirlar va kadetlar örtasida Osiyo çempionati bölib ötmoqda.
Musobaqaning qiliç (sablya) yönalişida jamoaviy bahslarda qatnaşgan özbekistonlik kadet ustalari çorak finalda Iordaniya terma jamoasini 45:23 hisobida mağlubiyatga uçratib, yarim final yöllanmasiga, yarim finalda esa kuvaytlik raqiblarni 45:44 hisobida mağlub etib, final yöllanmasiga ega bölişgandi.
Hal qiluvçi final jangida sportçilar Janubiy Koreyaga 26:45 hisobida yutqazib qöydi va Osiyo çempionatining kumuş medali sohibiga aylandi.
Qizlar terma jamoasi ham jamoaviy bahslarning çorak finalida Osiyoning kuçli terma jamoalaridan biri hisoblangan Yaponiya terma jamoasini 45:43 hisobida mağlubiyatga uçratib, yarim final yöllanmasini qölga kiritdi. Şuni alohida qayd etib ötiş lozim, hisob 38:40 körinişida raqiblar foydasiga hal bölayotgan bir vaqtda, Zaynab Dayibekova öz jangida 7:3 hisobida ğalaba qozona oldi va jamoaga ğalaba keltirdi. Umumiy hisob: 45:43
Final yöllanmasi uçun keçgan jangda qizlar terma jamoasi Janubiy Koreya terma jamoasiga 23:45 hisobida imkoniyatni boy berdi va yakunda Osiyo çempionatining bronza medallarini qölga kiritişdi.


Ma'lumot uçun, qiliç (sablya) böyiça bahslarda terma Özbekiston trema jamoasi tarkibida quyidagi sportçilar jang ötkazdi:
Jaloliddin Duşamboyev (2002 yil) - Çirçiq Olimiya zaxiralari sport kolleji tarbiyalanuvçisi;
Şerzod Mamutov - (2002 yil) - Qoraqalpoğiston Respublikasi agro va suv xöjaligi kolleji öquvçisi;
Pazilbek Genjyebayev - (2003 yil) - Qoraqalpoğiston Respublikasi 2-sonli ixtisoslaştirilgan maktab öquvçisi;
Bobirjon Rasulov - (2002 yil) - Toşkent şahri, 34-sonli maktab öquvçisi;
Zaynab Dayibekova (Qoraqalpoğiston Respublikasi, Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji öquvçisi);
Sevinç Ismoilova (Toşkent şahri rassomçilik kolleji öquvçisi);
Şahnoza Toğaymurodova (Toşkent şahri 300-sonli maktab öquvçisi);

















