Özbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi fondida saqlanayotgan tarixçi-manbaşunos olim Komilxon Kattayevning “Tasavvuf allomalari” nomli kitobi taqdimoti bölib ötdi.
Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari Şayx Abdulaziz Mansur “Tasavvuf allomalari” kitobi haqida gapirar ekan, muallif uşbu kitobni yozişda juda köp mehnat qilgani, soha mutaxassislari va tarixiy manbalarga murojaat etganini bildirdi. Imom Termiziy xalqaro ilmiy- tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov yurtimizdan yetişib çiqqan allomalarning qabrlarini topişda Komilxon Kattayev juda katta hissa qöşganini ma'lum qildi. Jumladan, Imom Moturidiy va Burhoniddin Marğinoniy kabi köplab allomalarning qabrlarini topişda iştirok etganini aytib ötdi.
Özbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi Sayfiddin Sayfulloh tarixçi-manbaşunos olim Komilxon Kattayevning “Tasavvuf allomalari” kitobida uluğ avliyolar va orif zotlarning hayoti va ijodi qalamga olingani, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida ma'naviy merosimizga yangiça yondaşiş tufayli tasavvuf allomalariga bölgan e'tibor katta bölayotganini bildirdi. Endilikda ularning ilmiy-ma'rifiy meroslarini örganiş, hayotga tatbiq etiş ulkan ijobiy natijalarni berişini alohida ta'kidladi.















