Fransiya O‘zbekistonda turizm bo‘yicha "onlayn-ta'lim"ni yo‘lga qo‘yishda ko‘mak beradi
O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov Parij Turizm akademiyasining hammuassisi va masofaviy ta'limni rivojlantirish direktori Klod Banvar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekistonda "onlayn-ta'lim"ni tashkillashtirish va fransuz masofaviy ta'limini tatbiq etish masalasi muhokama etildi.

Fransiyalik mutaxassis Akademiya faoliyati 2016 yilda Fransiya turizmni rivojlantirish agentligi (Atout France) bilan hamkorlikda tashkillashtirilganini ta'kidladi. Loyihaning umumiy narxi 1 million AQSh dollaridan ortiqni tashkil qilgan. Bugunga kelib ushbu akademiyada 3500 talaba masofadan turib ta'lim olmoqda.
Loyiha Belgiya, Germaniya, Xitoy, Ispaniya, Italiya va Niderlandiya tajribasini o‘rganishga asoslangan sakkiz akademik kursni o‘z ichiga oladi. Janob Bonavrning fikricha, internet maydonida foydalanuvchilar masofaviy ta'limga katta qiziqish bildirishmoqda. Fransiyaning mashhur universitetlari mamlakatning turizm sohasidagi yetakchi pozitsiyasini inobatga olgan holda ma'ruzalar yozish va sotishga tayyor.
Fransiyalik mutaxassis mazkur dasturlar O‘zbekiston bozorida ham katta muvaffaqiyat va e'tirofga erishishiga ishonch bildirdi. Fransiya tomon O‘zbekistonda masofaviy ta'limni yo‘lga qo‘yishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
Klod Banvar O‘zbekiston bilan hamkorlikning birinchi bosqichida uch muhim punktga e'tibor qaratdi:
- Fransiya onlayn-ta'lim tajribasini o‘rganish;
- dasturni O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirish va uni ingliz hamda rus tillariga tarjima qilish;
- Akademiyaning rasmiy hamkori maqomiga ega Anji Universiteti qoshida Ko‘chmas mulkka texnik xizmat ko‘rsatish hamda xavfsizlik, turizm va mehmonxona biznesi, turizm injineriyasi institutiga o‘xshash turizm fakultetini ochish.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Akademiya o‘quv platformasida O‘zbekistonning bir vakili uchun bepul kirish imkoni berilishiga kelishib olindi.

Ikki tomon ham Fransiya akademiyasi O‘zbekistonga sarmoya kirituvchi muassasa sharoitlarini muhokama qilish va ishlab chiqishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashadi
O‘zbekiston | 12:55
-
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
Jahon | 12:14
-
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 11:58
Mavzuga oid

21:04 / 22.05.2025
Fransiyalik fermer qiymati 4 mlrd yevrolik oltin konini topib oldi

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi

20:25 / 20.05.2025