2017 yil 22 dekabr kuni Prezident mamlakat tarixida ilk bor parlamentga Murojaatnoma yölladi. Juda köp asoslarga köra bu tarixiy kun böldi. Zero, parlamentga murojaat mazmun-mohiyatiga köra xalqqa murojaatdir.

Birinçi voqea

Şu kuni Prezident qonunlar muhokamasiga keng xalq ommasini jalb qiliş, buning uçun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etiş, jumladan, Internet tarmoğida maxsus “maydon”lar yaratiş zarurligini ta'kidladi. Prezidentning 2018 yil 22 yanvardagi Qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 34-bandiga muvofiq “Mening fikrim” maxsus veb-portali oçildi. Şu orqali Oliy Majlis palatalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar Kengaşlariga elektron jamoaviy murojaat yöllaş tartibi joriy etildi.

“Mening fikrim” veb-portali fuqarolarning jamiyat va davlat işlarini boşqarişda iştirok etiş, deb nomlanadigan Konstitutsiyaviy huquqini kafolatlovçi muhim institutlardan biriga aylanişi kutilayotgandi.

Mazkur veb-portal orqali Siz bilan biz davlat va jamiyat ahamiyatiga molik muhim masalalar yuzasidan qonunçilikka takliflarimizni elektron jamoaviy murojaat şaklida yuborişimiz mumkin böldi.

Jamoatçilik içida tuğilgan taşabbusning respublika miqyosiga çiqişi osonlaşganini öylab, köpçilik xursand böldi. Şunday yurtdoşlarimizdan birining yengil avtomobillarning oynalarini qoraytirişga ruxsat beriş haqidagi taklifi portalga (2018 yil 30 aprel) joylaştirildi. 3 ta asos körsatildi.

1. Özbekiston issiq ölka.

2. Avtomobilning orqa örindiğida ötirgan bolalarga juda issiq, nafas oliş qiyin, ularni quyoş urişi ham mumkin.

3. Parda tutiş (orqa yon oynalarga) taqiqlangan.

Minglab yurtdoşlarimiz ana şu jihatlarni hisobga olib, bu taklifni qöllab-quvvatladi. Ya'ni, köpçilik ovoz berayotganlar maşinasining oynasini qoraytirib olib, oliftagarçilik qiliş haqida emas, farzandi, yaqinlari, siz bilan bizning jigarbandlarimizni ham öylab munosabat bildirdi. Balki şuning uçun taşabbus tez orada 10 ming ovoz töpladi va rasman petitsiya maqomini oldi.

Şundan söng uşbu petitsiya körib çiqiş jarayonida bölgan takliflar qatoriga ötkazildi. Hamma kuta boşladi. Azbaroyi jaziramadan qiynalib ketganlar maşinasining orqa yon oynalarini yaxşilab artib, tozalaşga ham tuşdi...