Bu yil oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça keng kölamli yangilanişlar amalga oşirildi. Imtihonlarning 15 kun mobaynida ötkazilişi, natijalarning bir kun ötiboq e'lon qilinişi şular jumlasidandir. Abituriyentlar e'tirozlariga sabab bölayotgan test topşiriqlarini testologiya talablariga mos holda tayyorlaş borasida ham malakali mutaxassislar ança mehnat qildi, deb yozadi Davlat test markazi bölim boşliği M.Zokirova «Ma'rifat» naşrida.
Test savollarining murakkab tuzilgani, ulardagi umumta'lim fanlari öquv dasturlariga nomuvofiqliklar böyiça bildirilayotgan e'tirozlar yuzasidan tegişli taşkilotlar hamkorligida keng kölamli işlar bajarildi. Joriy yilgi test topşiriqlari umumiy örta va örta maxsus, kasb-hunar ta'limining umumta'lim fanlari öquv dasturlariga muvofiq tuzildi. Test topşiriqlari böyiça muhim özgariş — har bir blok savollarining 30 tadan etib belgilanganidir. Bu qarorga keliş uçun Davlat test markazi Buyuk Britaniya, Rossiya, Qozoğiston kabi davlatlarning tajribalarini örgandi.
Xalqaro tajribalardan foydalangan holda test jarayonini takomillaştiriş, savollar mazmunini soddalaştiriş böyiça mutaxassislarimiz davlat ta'lim standartlari asosida iş olib bordi. Xususan, yangi tuzilgan test variantlari poytaxtimizdagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida aprobatsiyadan ötkazildi. Sinov jarayonida 10 ta fan böyiça 1115 ta test topşiriğidan foydalanildi. Jarayonga 2659 nafar bitiruvçi jalb qilindi.
Sinov jarayonida abituriyentning qança vaqt sarflaşi va murakkab savollar böyiça tegişli ma'lumotlar aniqlandi. Natijalar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.
Davlat test markazining “Testologiya, pedagogik ölçovlar va ilmiy-metodik kadrlar tayyorlaş” bölimi mutaxassislari belgilangan çora-tadbirlar asosida test savollarini sifatli tayyorlaşga kirişdi. 2017 yili oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul uçun qöllanilgan 37 mingdan ortiq test topşiriği distraktor muqobillari tahlil qilindi. Test sinovlarini ötkaziş uçun umumiy örta ta'lim va örta maxsus, kasb-hunar ta'limining DTS va öquv dasturlari asosida abituriyentlar tayyorgarligi darajasiga qöyiladigan talab kodifikatori hamda test topşiriqlari tafsiloti işlab çiqildi. Yangi tayyorlangan test topşiriqlari ekspertlar tekşiruvidan söng aprobatsiya(sinov)dan ötkazildi.
Aprobatsiya natijalarini statistik tahlil qiliş jarayonida topşiriqlarning murakkabligi, ballar variatsiyasi (özgaruvçanligi, farqlanişi), savollarning boşqasi bilan boğliqligi, test topşiriqlariga qöyilgan asosiy talablar aniqlandi. Statistik tahlillar ba'zi testlarda işonçlilik koeffitsiyenti talab darajasida emasligi, 79 ta topşiriqda ayrim distraktorlar (muqobil javoblar) öz funksiyasini bajarmasligi ma'lum böldi.

















