Concept Bureau brending agentligi asosçisi Jasmin Bina iste'molçilarni jalb etadigan pozitsiyalaştirişning qoidalarini tasvirlab berdi.

«Xuddi şunday, biroq yaxşiroq» ğoyasini qöllamaslik

Brendning vazifasi – iste'molçilarga boşqa kompaniyalar bajarmayotgan narsani amalga oşirayotganini yetkaziş.

Agar bozorda ikki yirik raqobatçi bölsa, ulardan biri «xuddi şunday, biroq yaxşiroq» strategiyasidan foydalanişni boşlaşi mumkin.

Masalan, elektron hujjatlarni saqlaş servisi Box özini Dropbox’ning “yaxşilangan” şakli deya taqdim etişlari mumkin. Binaning fikriga köra, bu xaridorlarni jalb etmaydi: ular “yaxşiroq” servisni emas, “boşqasi”ni izlaydilar.

Auditoriyani topiş va diqqatni unga qaratiş

Yuqori raqobatda bozordagi uluşni oşiriş uçun kompaniyalar yo reklama xarajatlarini oşiradilar yoki muayyan bir yönalişga ixtisoslaşadilar.

Masalan, turar-joy ijarasi servisi Airbnb atrofdagilar bilan döstona munosabat muhim bölgan şaxsiy iş böyiça sayohat qiladigan iste'molçilarga diqqatini qaratdi. Uning raqobatçisi Home Away esa işonç, qulaylik, kompaniyaning obrösi, keng tanlov va yana bir neça omillarga befarq bölmaganlarni öz auditoriyasiga aylantirdi.

Jasmin Binaning sözlariga köra, Airbnb tor auditoriyaga e'tibor qaratdi, şuning uçun foydalanuvçilar köproq uni tanlaydilar.

Foto: Airbnb

Mahsulotni tasvirlaş emas, voqeani hikoya qiliş

Tovarda turli texnologik sifatlarning mavjudligi iste'molçilar uni sotib olişiga kafolat bermaydi. Buning uçun kompaniya iste'molçilar bilan storitelling (voqeani hikoya qiliş) yordamida hissiy aloqa örnatişi lozim.

Masalan, TurboTax soliqlarni hisoblaş va qoplaş servisini olaylik: u öz reklama roligida xizmatlarni tasvirlamaydi, servis işini namoyiş qiliş uçun buzilgan töy voqeasini hikoya qiladi.