Özbekiston Respublikasi boş vazirining sobiq örinbosari Zoyir Toiroviç Mirzayev 7 noyabr kuni Jizzax viloyatining Şarof Raşidov tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
2010 yilning 17 dekabridan 2016 yilning 15 dekabrigaça Samarqand viloyatini boşqargan Zoyir Toiroviç Mirzayev ayni paytda tuman hokimi vazifasiga tayinlangan uçinçi sobiq Samarqand viloyati hokimi bölmoqda.

Ungaça 2006 yilning dekabridan 2008 yilning apreligaça viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi A'zamxon Usmonoviç Bahromov avval Qöşrabot tumani hokimi (04.09.2017 – 11.11.2017) va 2017 yil 11 noyabrdan Kattaqörğon tuman hokimi vazifasiga tayinlangan edi.

2016 yilning 23 dekabridan 2017 yilning 12 iyuniga qadar Samarqand viloyati hokimi lavozimida işlagan Himmat Qöçqoroviç Oqbötayev 2017 yilning 11 noyabridan buyon Qöşrabot tumani hokimi vazifasida işlamoqda.












