Millionerlardan 10 ta maslahat: moliyaviy odatlarni sog‘lomlashtirish

1. 50-30-20 qoidasiga amal qilish. Qoida budjetlashtirish uchun a'lo darajadagi texnika. U daromadlaringizni uch qismga ajratishni ko‘zda tutadi:
- Zarur buyumlar. Har oylik daromadlaringizning 50 foizini ajratishingiz kerak. Bular transport, kommunal, oziq-ovqatlar uchun xarajatlar, asosan ularsiz yashab bo‘lmaydigan narsalar.
- shaxsiy xarajatlar. Maoshingizning 30 foizini shoping, xobbi va sizni baxtli odamga aylantiradigan narsalarga sarflashingiz mumkin.
- jamg‘arma. Har oylik daromadingizning 20 foizini jamg‘arish kerak. Eng favqulodda vaziyatlarda ham foydalana olmaydigan hisoblarga ega bo‘lish lozim.
2. Fikrlash qashshoqligidan qochish. "Bu juda qimmat, buni xarid qilolmayman",- kabi gaplarni hech qachon aytmang. Agar dunyodagi barcha tovar va xizmatlar arzon bo‘lganida odam pulni ko‘rish uchun ter to‘kib mehnat qilmasdi. Ishlab topishingiz va qurishingiz mumkin bo‘lgan narsalar orzularingizga putur yetkazmaydi. Bularning bari sizning fikringiz mevasi.
3. Batafsil moliyaviy rejani yozish. Budjetni rejalashtirish faqat biznes va hukumat uchun emas. Mazkur yilda ko‘proq pulni saqlab qolishga harakat qilishning o‘zi yetarli emas. Aniq maqsadlar va ularga erishish uchun batafsil rejalar tuzish lozim. Masalan, agar kelasi yili Ispaniyaga borishni istasangiz, sayohat qanchaga tushishini hisoblab chiqish lozim. Oylik daromadingizga nazar solish va undan zaruriy xarajatlarni ayirib tashlash kerak. Ana o‘shanda har oy qancha tejashingiz kerakligi va maqsad necha oyga belgilanishini ko‘rasiz. Millioner Timoti Sayks bu kabi maqsadlar vaqtimizni nimaga sarflayotganimizni ko‘rish imkonini beradi deb hisoblaydi.

4. 100 qoidasiga amal qilish. Mazkur qoida yil davomida istalgan harakatni yuz marta bajarishni anglatadi. Masalan, yuzta nutq, yuzta maqola, yuzta mashg‘ulot bo‘lishi mumkin. Ushbu qoida sizni istalgan ishda tajribali insonga aylantiradi. Sizga ishtiyoq beradi va tartibli bo‘lishda yordam beradi. Tamoyil har qanday ishda yordam beradi, shuning uchun amaliyot va qat'iyatgina muvaffaqiyatga olib boradi.
5. Har doim B rejasi mavjud bo‘lishi lozim. Bugun doimiy kirimga ega orzuingizdagi ishingiz bo‘lishi mumkin, biroq ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Agar himoya yostig‘iga ega bo‘lsangiz, o‘zingizda mavjud ko‘nikmalar va ularni rivojlantirish borasida o‘ylash lozim. Bo‘sh vaqtda professional tarmoqni rivojlantirish, odamlar bilan muloqot qilish kerak.
6. Ulgurji xarid. Xaridning bu turi pulning katta qismini tejaydi, biroq bu hech qachon aynimaydigan mahsulotlarga tegishli. Kuponlardan foydalanish, gadjetning sotuvda qulay narxda paydo bo‘lishini kutish yoki turli sotuvchilardagi narxlarni taqqoslashga uyalmang. Axir mayda pul yirigini tejaydi.
7. Ishlab chiqaruvchining o‘zidan xarid qiling. Biror narsani do‘kondan xarid qilishdan avval o‘zingizdan dallolsiz sotib olish mumkinligi haqida so‘rang. Ishlab chiqaruvchining o‘zidan xarid qilish va mahsulotlarni arzonga olish imkoniyatidan hayratga tushasiz. Do‘stlaringiz va ularning oilalari bilan birgalashib buyurtmaning minimal hajmini qo‘lga kiritishingiz mumkin.

8. «Pastroq» yashash. Ko‘pchilikning eng katta muammosi ishlab topganidan ko‘ra ko‘proq sarflashdir. Ular qo‘shnilari yoki do‘stlari bilan birga bo‘lish, ularda taassurot uyg‘otish maqsadida obro‘li tumandan yaxshi uy sotib olishadi. Grant Kordon millionerga aylanganida Toyota Camry haydaganini tan oladi. U korxonalari barqaror va doimiy daromad oqimini olib kelmagunicha hashamatli soatlar va avtomobil xaridini ortga surganini aytgan. Topganingizdan ko‘ra kamroq pulga yashash hayot xursandchiliklariga «yo‘q» deyish degani emas. Biroz ijodkorlik xislatini ishga solishingiz kerak. Kechani uyda o‘tkazish sababi biror yerga borishga qaraganda qiziqroq bo‘lishi mumkin. Smartfonning yangi modelini xarid qilishga shoshilmasangiz ham bo‘ladi, chunki o‘zingizning telefoningiz zo‘r ishlaydi.
9. Passiv daromad ishlab topishni boshlash. Ko‘p vaqtingizni ishda o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, badavlat kishiga aylanib bo‘lmaydi, albatta ko‘pchiligimiz aynan shunday yo‘l tutamiz. Bu yo‘l va bizning vaqtimiz pulimizga teng bo‘ladi. Biroq ko‘pchilik millionerlar uchun bu batamom turlicha tushunchalar. Ular vaqtlarini ishda o‘tkazish uchun pul ishlashmaydi. Ularning vaqti puldan qimmatroq. Shuning uchun ham passiv kirimga ega bo‘lish juda muhim. Buni amalga oshirish usullaridan biri investitsiyalar. Biznes-magnat Uorren Baffet sohaga sarmoya kiritishni tavsiya qiladi. Agar moliya bo‘yicha tajribaga ega bo‘lmasangiz, barcha xatar va imkoniyatlar haqida ma'lumot olish uchun mutaxassisga murojaat qiling.
10. O‘zingizni muvaffaqiyatli kishilar bilan qurshab oling. Chunki atrofimizdagilar hayotimiz va fikrlash tarziga kuchli ta'sir o‘tkazishadi. Agar iste'dodli kishilar bilan yaxshi chiqishsangiz va ular ham sizning fikrlaringizni qo‘llab-quvvatlashsa, ijodkorona g‘oyalar yaratish va ularni hayotga tatbiq qilish oson kechadi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
Mavzuga oid

14:13 / 25.03.2025
Firibgarlar tuzog‘iga eng ko‘p tushadigan odamlar toifasi ma’lum qilindi

12:13 / 19.09.2023
Bolalar milliy tibbiyot markazida onlayn maslahat berish yo‘lga qo‘yildi

10:50 / 08.08.2023
Aeroportda nimalar qilmaslik kerak? Styuardessa maslahatlari

13:27 / 07.01.2022