Bugun, 26 iyun kuni Xalqaro press-klubning O‘zbekistonda oliy ta'lim sohasiga bag‘ishlangan bir oylik sayyor sessiyalari xulosalari yuzasidan yakuniy muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga mas'ul hukumat mulozimlari va aksariyat OTMlarning rektorlari ishtirok etdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, sessiya avvalida XPK tomonidan bir oy davomida sayyor sessiyalarda OTM talabalari, professor-o‘qituvchilari va rektorlari tomonidan ko‘rsatilgan muammoli holatlar umumlashtirilgan holda sanab o‘tildi.

Talabalar ta'kidlagan muammolar:

  • Oliy ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlik yo‘q. Shu sababli amaliyotning samarasi bugungi iste'molchilar talabiga javob bermaydi. Yozgi amaliyot esa korrupsiya holatlarini keltirib chiqaradi.
  • Talabaning bilimini joriy baholash tizimi talabga javob bermaydi, talabaning asl salohiyatini ko‘rsatib bermaydi. Bu esa ta'magirlikka asosiy sabab bo‘lmoqda.
  • Axborot-resurs markazlarining moddiy-texnik bazasi talab darajasida emas, ularning sig‘imi o‘sib borayotgan talabalar kontingentiga mos kelmaydi.
  • Ayrim universitetlarda hatto internet yo‘q yoki tezligi juda past.
  • Zamonaviy o‘quv-laboratoriya va o‘qitishning texnik vositalari yetarli emas.
  • Ayrim o‘qituvchilar o‘z ustida ishlamaydi, mutaxassisligi bo‘yicha zamonaviy bilimlarga ega emas.
  • Darslar qiziqarli bo‘lmaydi. Yetarlicha bilim berilmaydi.
  • O‘quv darsliklari eskirgan. Zamonaviy chet el darsliklari esa o‘zbek tilida emas. Elektron kutubxona to‘laqonli shakllantirilmagan.
  • Magistraturaga qabul qilish tizimi shaffof emas.
  • O‘qitiladigan fanlar soni juda ko‘p. Nomutaxassislik fanlari ham yakuniy sessiyada mutaxassislik fanlari kabi talabni qo‘yadi. Talaba a'lo baho bilan sessiyani yopmasligi uchun nomutaxassislik fanlari ataylab bahoni tushiradi.
  • Eng korrupsiyalashgan fanlar – ijtimoiy-gumanitar fanlardir.
  • Davlat imtihonlarining ayrimlarini bekor qilish kerak.

Professor-o‘qituvchilar ta'kidlagan muammolar:

  • Malaka oshirish tizimi talabga javob bermaydi. Ma'lumotlar eski, yangilanmaydi. Tizimda korrupsiya holatlari mavjud.