O‘zbekistonda rektorlarni saylash tizimini joriy etish kerak – Aziz Abduhakimov

Foto: Xalqaro press-klub
O‘zbekistonda oliy ta'lim muassasalarining rektorlarini saylash tizimini joriy etish maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov. Hukumat vakili bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro-press klub sessiyasida shu haqda gapirib o‘tdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Ko‘plab rektorlarimiz OTMlar mustaqil emasligi masalasini ko‘tarishmoqda. O‘ylaymanki, OTMlarimiz o‘z avtonomiyasiga ega bo‘lishi kerak. Bunga qanday erishishimiz mumkin?
Birinchi navbatda, rektorlarimizda kafolat bo‘lishi kerak. Oldingi yillarga qaraydigan bo‘lsak, rektorlar 2-3 yilda almashardi. Biz o‘ylashimiz kerakki, ularni saylov yo‘li bilan kamida 5 yoki 10 yilga tayinlanadigan tizimni joriy etish bugungi kun talabiga aylangan.
Albatta, ayrimlar ertaga qandaydir bir guruhlar o‘z odamlarini olib kelishga harakat qilishi xavfi bor, deyishadi. Lekin bunga javob topsak bo‘ladi. Saylovga Oliy ta'lim vazirligi tomonidan 3-4 nomzod berilsa va rektor shu nomzodlarning ichidan saylansa, o‘ylaymanki, hech qanaqa xavfi bo‘lmaydi», – dedi Abduhakimov.
Aziz Abduhakimovning fikricha, O‘zbekistonda oliygohlar strukturasi ham tubdan o‘zgarishi kerak.
«Ko‘plab rektorlar bilan gaplashganimizda ular ilm bilan, o‘quv jarayoni bilan shug‘ullanmasdan, ko‘proq xo‘jalik masalalari bilan ovora bo‘lib qolishganini aytishadi. To‘lov-topshiriqnomasiga qo‘l qo‘yish, pulning taqsimlanishi, qurilish masalalari kabi oddiy kundalik masalalar bilan ovora bo‘lib, asosiy ishi – ilmiy-o‘quv jarayoni bilan yetarlicha shug‘ullana olishmayapti.
Yetakchi xalqaro universitetlar strukturasini o‘rgansak, ularda rektor – OTMning taniqli odami, taniqli olim, kerak bo‘lsa, brendi bo‘lib chiqadi. Bu universitetlarda mavjud bo‘lgan xo‘jalik masalalari bilan shug‘ullanadigan boshqaruvchi yoki bosh menejyer lavozimini joriy etsak maqsadga muvofiq bo‘lardi», – deydi u.
Hukumatning ta'lim sohasiga mas'ul mulozimi o‘z nutqida, shuningdek, mamlakatdagi OTMlarning bir-biridan aytarli farq qilmasligini ham ta'kidladi.
«OTMlarimizning holatini o‘rganib chiqqanimizda, oddiy misol, birorta oliy ta'lim muassasamizda o‘zining bayrog‘i yo‘q, madhiyasi yo‘q. Umuman olganda, hamma OTMlarimiz bir-biriga o‘xshab qolgan. Bunday qarasangiz, ular alohida-alohida OTM emas, balki Oliy ta'lim vazirligining filiallariga aylanib qolgan. Ularda avtonomiya bo‘lmagani bunga sabab», – dedi Aziz Abduhakimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston oliygohlarida korporativ boshqaruvni yo‘lga qo‘yish vaqti kelgan. Oliy ta'lim muassalalari moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lishi, kerak bo‘lsa, o‘z siyosatini o‘zi belgilovchi bo‘lishi kerak.
«Samarqand davlat universiteti rektori bilan gaplashganimda ularga kuniga 300-400ta xat kelishi, ularni o‘qishga ulgurib bo‘lmasligi, yiliga 6000-7000ta topshiriq tushishi, ular bilan ovora bo‘lib, ish bilan shug‘ullanishga imkoniyat yo‘qligini aytdi. Albatta, biz bu narsalarni yig‘ishtirib qo‘yishimiz kerak», – dedi Bosh vazir o‘rinbosari.
«Oxirgi yil davomida biz Vazirlar Mahkamasida bo‘lgan ko‘plab funksiyalarning hammasini berib yubordik. Turli kerak-kerakmas idoralararo har xil komissiyalar bor edi. Hammasini Oliy ta'lim vazirligiga o‘tkazib yubordik», – deya qo‘shimcha qildi Abduhakimov.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

22:57 / 05.05.2025
Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga yangi rektor tayinlandi

19:01 / 05.04.2025
“Har qanday loyihani, albatta, ekologik ekspertizadan o‘tkazamiz” – ekologiya vaziri AES haqida

16:12 / 20.12.2024