Yangi öquv yili boşlanib, Özbekiston OTM talabalari safiga kira olmagan köpçilik abituriyentlar çet elga, asosan, qöşni davlatlarda oliy ta’lim oliş istagida ketişgan.

Asosiy murojaatlar qöşni davlatlar OTMlarini tugatgan talabgorlardan kelib tuşmoqda

Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi ma’lumotlariga köra, 2019 yilning 8 oyi statistikalari böyiça, xorijiy ta’lim töğrisidagi hujjatlarni tan oliş uçun eng köp murojaatlar Qirğiziston Respublikasi ta’limini tugatganlardan (45,7 foiz) kelib tuşmoqda. Ikkinçi örinni esa Tojikiston (16,7 foiz), söng Rossiya (14,3 foiz), Qozoğiston (10,6 foiz) egallagan.

Bu statistika nafaqat oliy ta’limni tugatganlarga aloqador, balki maktab, kollej-litseyni tugatganlik töğrisidagi hujjatlarning tan olinişini ham öz içiga oladi. 

Şuningdek, xorijiy ta’limni tan oliş töğrisidagi hujjatlarning talabgorlarini eng köp pedagoglar taşkil qilmoqda (1216ta), muhandislik, işlov beriş, quriliş, soğliqni saqlaş, huquqşunoslik yönalişini bitirganlar ham köp.

Manba: Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi

«Özimizda kiriş imtihonlaridan ötişim qiyin edi»

«Ötgan yili Olmaotadagi xususiy universitetlardan birining kunduzgi bölimiga kiriş imtihonlarisiz öqişga kirgan edim. Özbekistonda kiriş imtihonlaridan ötiş men uçun qiyinlik qilişini öylab, nodavlat bölişiga qaramasdan öşa universitetni tanladim. Biroq bu OTMning diplomi bizda töğridan töğri tan olinmaydi. Şuning uçun Qarağanda davlat texnika universitetiga öqişimni köçirganman. Bu universitet top mingtalikka kiritilgan», deydi talabalardan biri Böriboy Jumaqulov.

Uning ma’lumot berişiça, özi tahsil olayotgan universitet şartnoma puli 7 million (300 ming tenge) bölib, şartnoma asosida öqiyotganlarga stipendiya berilmaydi. Bir talabaning xarajati esa tejab-tergab işlatganda oyiga 100 dollarni taşkil qilişi mumkin.

«Oliy ma’lumot oliş xohişini töğri qabul qiliş kerak»

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boş boşqarmasi boşliği Abdurahim Nosirov nega oliy ma’lumot olişni xohlovçi yoşlarning asosiy qismi xorijning nufuzli universtitetlarini emas, balki qöşni Qozoğiston, Qirğiziston OTMlarini tanlayotgani borasida öz fikrlarini bildirdi.