11:37 / 24.12.2019
2
13003

Yunusobodda metro qurilishidagi ekskavator sabab elektr energiyasi ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi

Kecha, 23 dekabr kuni, Toshkent shahar Yunusobod tumanining 2, 3, 11, 13, 14, 15, 17, 18 va 19-dahalari hamda Bobodehqon MFYda yashovchi aholi xonadonlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi. 

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan qoldirilgan xabarlarda aytilishicha, elektr energiyasi kech soat 22:00da o‘chib qolgan hamda ta'minot ertalabki soat 7:10larda tiklangan. Foydalanuvchi oradagi uzilish 9 soatni tashkil etgani haqida ma'lum qilishdi.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” ushbu vaziyat bo‘yicha izoh berdi.

Qayd etilishicha, 23 dekabr kuni taxminan soat 22:00da Yunusobod tumanida “O‘zbekiston temir yullari” AJ “Metroqurilish” korxonasi tomonidan yer qazish ishlarini olib borilishi natijasida “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tasarrufidagi PS “Yunusobod”  RP “Buxoro”, “Buxoro” №1 va №2dan chiquvchi 10 kV yuqori kuchlanishli kabellariga ekskavator bilan ishlarini amalga oshirayotgan vaqtda avariya sodir bo‘lgan. 

Natijada, “Yunusobod” tumanining 2, 3, 11, 13, 14, 15, 17, 18 hamda 19-dahalarida va Bobodehqon MFYda yashovchi aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatildi. 

Bildirilishicha, avariya oqibatlarini bartaraf etish va elektr ta'minotini tiklash ishlari bo‘yicha “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Yunusobod tuman elektr ta'minoti korxonasining maxsus tezkor brigada ishchi guruh tomonidan bartaraf etish choralari ko‘rilgan. 

Hozirda Yunusobod tumanidagi dahalar elektr energiyasi ta'minoti bilan ta'minlangani aytilmoqda. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top