Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika sohasi 10 yildan keyin qay holatda bo‘ladi? Vazir javob berdi
2030 yilda O‘zbekiston ishlab chiqarayotgan jami energiya hajmidagi qayta tiklanuvchi energiya ulushi 30 foizga yetkazmoqchimiz, dedi Energetika vaziri Alisher Sultonov.

Energetika vaziri Alisher Sultonov bugun, 1 fevral kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat universitetining Toshkentdagi filialida bo‘lib, yoshlar, o‘qituvchilar va OAV vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Sultonovga: «Energetika sohasini 5 yildan keyin qanday tasavvur qilasiz?» degan savol bilan murojaat qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Men 5 yil emas, 10 yil keyin – 2030 yil to‘g‘risida gapirsam. Sababi aynan 2030 yilga mo‘ljallangan ulkan rejalar tuzganmiz. Prezident topshiriqlarida ham 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyamiz belgilab berilgan.
Aytishim mumkinki, 2030 yilda biz umumiy olinayotgan energiya hajmidagi qayta tiklanuvchi energiya hissasini 30 foizga yetkazmoqchimiz. Shuni ta'kidlashni istardim, ko‘pchilik davlatlar, xususan qo‘shnilarimiz ham hali bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olmaydi. Bizda yilning 160 kuni quyoshli, shamolli. Hududlarimiz ham ko‘p va bundan samarali foydalanishimiz kerak.
Qolaversa, bu yil Prezidentimiz tomonidan «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e'lon qilindi. Biz sohamizni raqamli tizimga o‘tkazish bo‘yicha ham yetakchi bo‘lishimiz kerak», – dedi Alisher Sultonov.
Energetika vaziri o‘z nutqida prezident murojaatidan kelib chiqadigan vazifalar, soha muammolarini yechishda yoshlarning o‘rni, vazirlik amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalarga to‘xtalib o‘tdi. Yosh mutaxassislar va talabalarning yangi loyihalari, xalqaro olimpiadalarda qatnashish, sport komplekslari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
-
Budjet tashkilotlari pulidan qurilish loyihalarini amalga oshirish tizimi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:40
Mavzuga oid

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

15:48 / 08.02.2025