15:26 / 14.05.2020
9188
Qoraqalpog‘istonda Sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgardi

Otajon Hamroyev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. U hozirga qadar Jo‘qorg‘i kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.

Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri Doniyor Hojiyev lavozimini tark etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 14 may kungi qarori bilan Hamroyev Otajon Karimovich Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

Otajon Hamroyev hozirga qadar Jo‘qorg‘i kenges raisining o‘rinbosari sifatida faoliyati yuritib kelayotgan edi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, Otajon Hamroyev 1965 yilda Ellikqal'a tumanida tug‘ilgan, Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Mutaxassisligi bo‘yicha shifokor-terapevt bo‘lgan Xamrayev, tibbiyot fanlari doktori hisobalanadi.

Top