Özbekiston Fanlar akademiyasining yozişiça, uşbu işlanmadan tibbiyotda (antiseptik vosita) va qişloq xöjaligida ekinlarning fitopatogen zamburuğlariga qarşi kuraşda foydalaniş mumkin.

Bakteriya polisaxaridlariga nanozarralarini kiritiş orqali yangi nanobiomateriallar oliş borasida har ikki institut hamkorligida 2012–2018 yillar davomida qator ilmiy loyihalar bajarildi. Bakteriya polisaxaridlari nanotexnologiyada matritsa sifatida qöllaniladigan boşqa vositalarga qaraganda inson tanasiga zararli ta'sir körsatmasligi sababli tarkibida nanozarralar saqlagan nanobiomateriallar olişda keng qöllanilmoqda. Uşbu loyihalar doirasida ham tadqiqotçilar aynan bakteriya biopolimerlaridan foydalanişdi.

Bunday turdagi nanobiomateriallarning yana bir muhim xususiyati ularning viruslarga qarşi tez va samarali ta'sir eta olişidir. Hozirda nanozarralarning viruslarga qarşi qöllaşni tadqiq etiş uçun loyiha muhokama qilinmoqda.

















