Muhokamalar markazida ona tili ta'limidagi “Qöy yoği”
|19:14 / 18.07.202039 35313 min
“Şe'riyatga oşno xuşxulq, faqih obröli,
grammatikani kasb qilgan ahmoq böladi”
(Arab xalq maqoli)
Ehtiroslar qizğinligi masala muhimligiga teskari nisbatda
Bugungi pandemiya şaroitida ona tili ta'limi haqidagi bahs-munozaralar bir qaraşda kişiga eriş tuyuladigan masala. Ammo pandemiya ötib ketadi, ona tilimiz esa har doim biz bilan birga. Bu – köhna va hamişa navqiron mavzu. Bundan ön yillar burun men ona tili ta'limidagi hozir gapirilişi köpçilik uçun urf bölgan, kerak bölsa, özini ommaga tanitiş, ommaning e'tiborini tortiş vositasiga aylangan muammolar haqida yoza boşlaganimda, “bir özingiz kuyinib, öz yoğingizga qovrilyapsiz, yolğiz otning ... donği çiqmas” degan istehzolar bölar, men esa heç ikkilanmasdan: “ğoya omma ongiga singgaç, moddiy kuçga aylanadi” degan fikrda turganman va harakatda davom etganman. Demak, hafsala, sobitqadamlik bilan kirişilsa va qat'iyat bilan harakat qilinsa, ğoya, agar u hayotbaxş bölsa, taxminan ön yillarda moddiy kuçga aylana oladi. Har qanday ijtimoiy e'tirof etilgan muammo – yeçimning onasi. Bugun ona tili ta'limi atrofidagi ayovsiz munozaralar, kim nima deyişidan qat'i nazar, uning yangi sifat bosqiçiga kötarilayotganidan dalolat beradi. Biz yaqin ön yillar içida muhtaşam ona tili ta'limiga ega bölamiz. Bunga mutaxassis sifatida töla aminman!
Bugungi bahsu munozaralarda ikki masala öta dolzarb bölib turibdi. Biri dars soatlari bölsa, ikkinçisi ta'limdagi ortiqça ilmiylik, keraksiz grammatizm, almisoqdan qolgan lingvistikabozlik. Ta'lim bamisoli uçburçak: nimani, qanday va qança öqitiş kerak. Bu nimani, qanday va qança yeyiş yoki içiş kerakligiga öxşaydi. Asosiy muammo nimani qanday iste'mol qiliş kerakligi. Qança yeganingiz bilan yeyişni bilmasangiz, foydasi yöq. Bir paqir suv içsangiz ham, içişni bilmasangiz, bir stakançalik foyda ololmaysiz. Demak, asosiy muammo – nimani qanday öqitiş kerakligi. Biz esa asosiy masala qolib, eng sönggi muammo – qança öqitiş masalasi bilan band bölib qolyapmiz. Va şu tariqa muammo markazidan uzoqlaşib ketyapmiz. Mutaxassislar çuqur tadqiqotlar olib borib, qaysi fanni haftada qança öqitiş kerakligini ilmiy-fiziologik, psixologik va pedagogik jihatdan asoslab berişlari kerak. Bu fanlarning xususiyatidan kelib çiqadi. Agar ona tili ta'limi jozibador bölsa, balki uni 6 emas, 7 soat öqitiş kerakdir. Biz – mutaxassislar, uni asoslab berişimiz kerak emasmi?
Ona tilimizning muzlatilgan, sovuq ta'limi jamiyatda uni keraksiz degan ijtimoiy fikr uyğonişiga sabab böldi. Bunga biz – soha egalari aybdormiz. Har birimiz illatni özimizdan qidirsak, şifosiga erişamiz.
Mavzuga oid
Gap bir-ikki soatda emas. Aslida bahsda ehtiroslarning qizğinligi masalaning muhimligiga teskari proporsional (Sayyer qonuni). Şunçalik ezğilangan, palağda va pajmurda holga kelgan ona tili ta'limi esa endi populizm köpkarisida uloq qilinmoqda. “Firqa” ham, deputat ham, jurnalist ham unga “huy-huy”lab ot solmoqda. Vosita bitta, maqsadlar har xil. Asosiy muammo qolib ketyapti deyişingiz bilan men mutaxassis emasman deb otini çetga tortadi.
Ona tili ta'limidagi yaroqsiz holatga qanday kelib qoldik?
E'tibor qilinsa, boşlanğiç sinf partasidan to litsey va kollejni tugatgunça öquvçilarimiz asosan til qurilişi böyiça, ya'ni tilşunoslikdan bilim oladi. Masalan, joriy ona tili darsliklaridan birida jami 79 ta mavzu berilgan. Bundan 71 tasi til qurilişiga, 8 tasi matn tuzişga doir mavzular. Demak, mavzularning taxminan 10 foizi matn tuziş malakasini östirişga, 90 foizi til qurilişi böyiça bilim berişga möljallangan. Maqsad nima? Tildan foydalaniş malakasini östirişmi yoki tilşunos tayyorlaş? Şu sinfda öquvçi yangi 78 ta lingvistik qoidani, 61 termin ma'nosini özlaştirişi kerak. Xöş, bu yaroqsiz an'ana qayerdan kelib qoldi?
XX asrning yarmigaça hali adabiy til me'yorlari örnaşmagan bir paytda jamiyat a'zolarini ular bilan qurollantiriş zarurati ilk maktab partasidan to uni tugatgunça til qurilişini öqitişni taqozo qilgan. Zero, adabiy tilni singdirişning eng asosiy yöli til qurilişiga doir bilimlar bilan qurollantiriş edi, u davrlarda boşqaça yöl bölişi mumkin emas edi. Biroq asrning ikkinçi yarmida adabiy til qöllanişi şart bölgan barça sohalar (ta'lim, iş yuritiş, matbuot, noşirlik, radio va televideniye va h.)da u töla örnaşib bölgandan keyin bu zarurat endi çayir an'ana körinişini oldi. Ona tili ta'limi faqat lingvistik takroriylikdan iborat bölib qoldi. Boşlanğiç sinfdagi lingvistik ma'lumotlar tayanç sinflarda çuqurroq, akademik litseyda yanada çuqurroq qilib, uç martalab qaytarib öqiladi. Bu takroriylik ham vaqt, ham mablağ jihatidan qançalar qimmatga tuşayotganligini öylab körmasdan, közimizni kattaroq oçişdan erinib, undagi faqat zohiriy jihat – soatlarni köryapmiz, xolos.
Şöro davri ona tili darsliklari grammatizm nuqtai nazaridan birmunça tuzukroq edi. Mustaqilligimiz davrida erişgan asosiy “yutuğimiz” – ona tili ta'limini töla-tökis tilşunoslikka aylantirganimiz böldi. Buning uçun DTM va darslik mualliflaridan behad “minnatdor” bölişimiz kerak. Metodistlardan, maktab öqituvçilaridan darsliklarni olib qöydik. Uni tilşunoslik qafasiga solib, şuhrat va nafs qulfi bilan berkitdik. Fidoyi mualliflar, til jonkuyarlari unga kira olişmadi.
Ona tili ta'limidagi bu muammolar aslida barça fanlarda bor. Birgina misol. Tarix fani raqamlar, şaxslar, voqealar sanoği – statistika va xronologiyaga aylanib qolgan. Ularni yodaki, sxolastik özlaştiriş bola miyasi uçun qança yuk ekanligini mutaxassislar, psixologlar qaçon xolis baholaşadi? Axir, özingiz öylab köring, bir hukmdorning qaçon tuğilgani-yu qança jangda qança askar bilan qatnaşgani, kimning kuyovi-yu kimga qaynota bölgani, qaysi farzandi aqlli-yu, qaysisi ahmoq bölgani, qaysi yerlarni bosib olib, qança boylikni yurtiga olib kelganini biliş neçoğlik ahamiyatli? Hukmdor taraqqiyotga qançalik hissa qöşdi, özidan oldingi davrga nisbatan qanday ijobiy yoki salbiy rol öynadi, kelajak uçun nima qildi – mana şularni bayon qiliş zarur va uning uçun kitobda, nari borsa, bir sahifa yetarli emasmi? Buning uçun akademik tarix ilmini haqiqiy nazariy fanga aylantiriş, tarix falsafasini yaratiş va uning qaymoğini gözal ifodalarda sodda qilib öquvçilarga taqdim etiş kerak. Tarixiy voqealar – tölaligiça muammoli vaziyat. Maşğulotlarda tarixiy “masala” va “tenglama”ni öquvçilar hukmiga havola etib, ulardan bu vaziyatdan çiqiş böyiça mustaqil fikrga asoslangan takliflar olişni taşkil etiş öquvçi şaxsini rivojlantirişda qançalar katta ahamiyatga egaligini tasavvur qiling.
Yoki adabiyot darslari: adib tarjimai holi, asardan parça va uning öquvçi tafakkurini kişanlaydigan tahlili hamda yozuvçi asarni yozayotganda xayoliga ham kelmaydigan nazariy qoidalar, 5-6 ta savol. Qani muammo, yeçim yöllari, öquvçining individual yondaşuviga şaroit, qani maşq, qani topşiriq; ijodiy matn, inşo, esse yaratiş böyiça metodik yöl-yöriqlar? Örgata olmaymiz va yoza olişmaydi. Oddiy arifmetika.
Mana – muammo! Ana endi bunda populizm ketmaydi.
Kimlardir meni Xalq ta'limi vazirligining tarğibotçisi, trolli deyişlari ham mumkin. Rostini aytsam, bu vazirlikning ham, vazirning ham, şaxsan menga na issiği, na sovuği bor. Men boşqa vazirlik sohasida işlayman. Lekin ona tili ta'limi mohiyatidagi muammo – mening maslagim, dardim.
Barça fanlar – “Ona tili”
Xöş, nimani köra olmayapmiz? Ona tilimizni “Ona tili”dan boşqa öquv predmetlarida köra olmayapmiz. Nega ona tilimizni faqat ona tili öqituvçilariga taşlab qöydik? Tarix öqituvçisi nega bu muammodan taşqarida? Nega fizika, biologiya, kimyo va boşqa predmet öqituvçilari ona tiliga munosabat masalasida “mas'uliyati çeklangan”?
Barça fanlar aslida – til fanlari. Axir, har qanday termin – bu söz. Har bir fan öqituvçisi öz fani doirasidagi birgina terminning ma'nosini, mazmunini tuşuntirişga soatlab vaqt sarflaydi. Oğzaki nutq va yozma matnlar bilan iş köradi. Holbuki, oğzaki nutq bilan birorta fan öqituvçisi ona tili öqituvçisidan kam şuğullanmaydi aslida. Nega endi ular öquvçining oğzaki va yozma nutqini nazorat qilmaydi, takomillaştirmaydi, baholamaydi? Nazorat işlarini qaysi tilda bajartirişadi? Nega öquvçilarning imloviy, işoraviy, uslubiy xatolari ustida işlaşmaydi?
Binobarin, ularning ham soatlarini qöşib ona tili yuklamasini hisob-kitob qilsak, bu hozirgi “Ona tili” yuklamasidan ön çandon yuqori böladi. Barça ta'lim böğinlaridagi hamma fanlarning DTSlari talablarida ona tili ta'limining boş maqsadi bölgan “ijodiy tafakkur sohibini tayyorlaş, ona tilida fikrni nutq şaroitiga mos ravişda oğzaki va yozma şaklda savodli, töğri va ravon ifodalaşkompetensiyasi” masalasi aks etmoği lozim. Bu – özbek tilining ta'lim tizimida davlat tili sifatidagi nufuzini oşirişning ham muhim yöl va vositalaridan biri.
“Sodda ona tili” deganda nimani tuşunişimiz kerak?
Köpçilik ona tili sodda bölişi kerak degan fikrni jön, “dehqonça” tilda gapiriş va yoziş deb tuşunmoqda va özaro suhbatlarda fikr sohibini qamçilaşga tuşib ketdi. Aslida nima nazarda tutilmoqda? Qoidalar, ta'riflar, izohlar sodda bölsin deyilmoqda. Qoidalar öquvçining nutqini isloh qilişga işlaşi urğulanayotir. “Gapning grammatik markazi bölib, ega haqidagi axborotni bildiradigan, şaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl-modallik ma'nolariga ega bölgan bölak kesimdir” degan ta'rifni odamşavanda qilib “gapdagi xabarni bildiradigan bölak kesim deyiladi” şaklida beriş kerakligi ta'kidlanayapti.
Maktab darsligida gapga berib kelingan tumtaroq ta'rifdan köra “söz yoki sözlar yordamida anglaşilgan fikr gapdir” deyiş sodda va tuşunarli emasmi?
Gözal va jimjimador, şirali va boy ona tilidan murakkab va çigal, sovuq va işlamaydigan qoidalarga töla “Ona tili”ni farqlaş kerak. Bular – boşqa-boşqa hodisalar. Axir, öquvçining ona tili ta'limi böyiça natijalari 3 mezon:
1) öqiş texnikasi;
2) öz fikrini töğri ifodalaş;
3) özgalar fikrini töğri anglaş malakasi
asosida baholanişi hatto 1996 yilgi DTSda öz ifodasini yaqqol topgan edi. Bu ona tili ta'limi me'yoriy hujjatlarida bölsa-da, dastur va darsliklarda unutib yuborildi yoki oson va tayyor yöldan borilib, çetlab ötildi. Körinadiki, bu yerda na birorta lingvistik bilimga, na biror grammatik qoidaga talab qöyilgan. Taşabbuskor vazirlik va maktab ta'limining yuragi bölgan, yangilanayotgan RTMning soğlom fikrli rahbariyati bunga e'tiborlarini yana bir bor qaratişlari lozim. Bizning bu borada RTMdan umidimiz va unga işonçimiz katta.
Baxtiyor Mengliyev,
filologiya fanlari doktori, özbek tili professori